TOShKENT, 7 mar — Sputnik. AQSh Ukrainadagi inqiloblar oldidan AQSh Rossiyani "qo‘pol va surbetlarcha" aldadi, deb bayonot qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rozi bo‘lgan, bir kundan keyin esa Ukrainada davlat to‘ntarishi yuz bergan.
"Hech bo‘lmasa telefon qilishmaydimi, hech bo‘lmasa nimadir qilishmaydimi, bir so‘z aytishsa ham mayliga edi. Hech bo‘lmasa aytishmaydimi — bilasizmi, ijrochi ekssessi degan tushuncha bor, — biz buni xohlamagandik, lekin voqealar shunday (rivoj topdi), lekin biz hammasini o‘z joyiga qaytarish uchun bor harakatimizni qilamiz. Bir so‘z ham aytishgani yo‘q, aksincha, davlat to‘ntarishini amalga oshirganlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlash bo‘ldi", — dedi Putin.
Rossiya prezidenti Amerika bu to‘ntarishni deyarli o‘z qo‘llari bilan sodir etganini ta’kidlab, u shuning uchun bugungi kunda hozirgi kiyev hukumatini qo‘llab-quvvatlashga majburligini qo‘shimcha qildi.
Rossiya yetakchisi bu voqea amerikalik hamkorlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan birinchi jiddiy yolg‘on bo‘lganini aytdi. "Shunday qo‘pol va surbetlarcha, birinchi marta. Keling bunday qilamiz, deya haqiqatda hammasini boshqacha qilish holati, va bu borada hatto nimadir deb izoh bermaslik, bunaqasi hali bo‘lmagan", — qo‘shimcha qildi Putin.