Poroshenko Ukraina Konstitutsiyasida Qrim maqomini o‘zgartirishni buyurdi

© Sputnik / Mixail Markiv / Mediabankka o‘tishPrezident Ukraini P. Poroshenko
Prezident Ukraini P. Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda maxsus komissiya Ukraina Konstitutsiyasining “Qrim Avtonom Respublikasi” maqomi bayon etilgan bo‘lim ustida ish olib bormoqda

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Konstitutsiyaviy komissiyaga Qrim maqomini o‘zgartirish bo‘yicha loyihani tayyorlash topshirig‘ini berdi. Bu haqda 5 kanalning efir vaqtida Ukraina parlamenti deputati Yuriy Chijmar aytgan. 

Yevropa Ittifoqi va Ukraina orasida assotsiatsiya kelishuvi bo‘yicha o‘tkazilgan referendum - Sputnik O‘zbekiston
Ukrainaliklarning 40%i o‘zini yevropalikman deb hisoblaydi - so‘rov natijasi

"Biz shuni tushundiki, bugungi kunda Qrim Avtonom Respublikasi unitar davlat tarkibida bo‘la olmas ekan", — deb ta’kidlagan parlament vakili.

Chijmar shuningdek, bugunki kunda komissiya "Qrim Avtonom Respublikasi" maqomi bayon etilgan Ukraina Konstitutsiyasining 10-bo‘limi ustida ish olib borilayotganligini ta’kidlab o‘tgan.

Ilgariroq, Poroshenko tez vaqtda Qrim Ukraina mintaqasiga aylantirilishi va Ukraina bayrog‘iga ozod Qrim ulkasida fahr bilan hilpillab turadi deya ishonch bildirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Qrim Kiyevda ro‘y bergan davlat to‘ntarishdan so‘ng, 2014-yil mart oyida Qrim referendum natijalariga ko‘ra Rossiya tarkibiga kirgan edi. Rossiya bilan qayta birlashish uchun qrimliklar (96,8 %) va sevastopoliklar (95,6%) ovoz bergan edi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0