Buyuk Britaniya Rossiyaga "Skripal ishi" bo‘yicha birga tergov olib borishni taklif etdi

© REUTERS / Henry NichollsSotrudniki ekstrennix slujb v zashitnoy odejde rabotayut vozle skameyki, gde v Solsberi nashli otravlennix bivshego rossiyskogo razvedchika Sergeya Skripalya
Sotrudniki ekstrennix slujb v zashitnoy odejde rabotayut vozle skameyki, gde v Solsberi nashli otravlennix bivshego rossiyskogo razvedchika Sergeya Skripalya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
London shu vaqtgacha hech qanday dalillarsiz Skripal o‘limida Rossiya tomonni ayblab kelayotgan edi. Hatto Rossiyaning 23 nafar elchisini mamlakatdan chiqarib yuborish qarorini qabul qilgandi. Endilikda esa Moskvani sobiq razvedkachining o‘limini birgalikda o‘rganishga chaqirmoqda

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Buyuk Britaniya Sergey Skripal va uning qizi Yuliya o‘limi yuzasidan, shuningdek, Nikolay Glushkovning o‘limi holati bo‘yicha Rossiya tomon bilan hamkorlikda tergov olib borishga tayyor, deb bayonot qildi Britaniya Tashqi ishlar vaziri Boris Jonson.

"Biz Rossiya tomon bilan mana shu mavzuda yaqin kunlarda hamkorlik qilishni boshlamoqchi edik", — degan Britaniya tashqi ishlar mahkamasi rahbari.

Rossiya Davlat dumasi xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Novikov Londonning bu taklifiga javoban, Britaniya Sergey Skripal va Nikolay Glushkov ishi bo‘yicha nimalarni taqdim etishga tayyorligiga aniqlik kiritishi lozimligini ta’kidladi. "Shunga qarab Rossiya bu taklifni qabul qilishi yoxud rad etishi mumkin", — dedi u.

Ministerstvo inostrannix del Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Javob chorasi: Rossiya 23 nafar britaniyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboradi
Parlament vakili Londonning taklifiga aniq bir izoh berishning iloji ham yo‘qligini aytib o‘tdi.

"Bu ishda ko‘p narsa mayda detallarga bog‘liq. Agar ular o‘zlarining ayrim xulosalarini taqdim etmoqchi bo‘lsa, bu bir gap, lekin agarda ular yuz bergan hodisaning butun bir zanjirini, o‘zlari o‘tkazgan surishtiruvlarni taqdim etsalar, bu mutlaqo boshqa gap, o‘shandagina bu qarorni yaxshi maqsad yo‘lida qilingan taklif sifatida qabul qilish mumkin, o‘shanda ham bu ishga diqqat bilan qarash kerak bo‘ladi", — degan Novikov RIA Novosti nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlar Solsberida yuz bergan hodisa — britaniya maxsus xizmatlariga ishlagan Razvedka bosh boshqarmasining zaxiradagi sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi zaharlanishidan keyin o‘tkir tus oldi. Britaniya tomon hech qanday dalillarni keltirmasdan, "Novichok" moddasi bilan zaharlangan Skripallarning o‘limida Rossiyaning aloqasi borligini qat’iy ta’kidladi.

Ushbu munosabat bilan Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey Rossiyaga qarshi qator choralar e’lon qildi: 23 nafar Rossiya elchisining mamlakatdan chiqarib yuborilishi, oliy darajadagi ikkiyoqlama aloqalarning muzlatib qo‘yilishi shular jumlasidandir.

Mariya Zaxarova otvetila Tereze Mey: Eto chto za razgovor voobshe? - Sputnik O‘zbekiston
"Skripal ishi": Rossiya TIV qarshi choralar ko‘rishga va’da berdi
Rossiya Skripallarning zaharlanishiga o‘zining hech qanday aloqasi yo‘qligini qat’iy ta’kidlab kelmoqda.

Rossiya TIV shanba kuni ertalab Buyuk Britaniyaga qarshi javob choralarini e’lon qildi. Britaniya elchixonasining 23 nafar diplomati Rossiyani bir hafta muddatda tark etishlari kerak bo‘ladi.

Glushkovning o‘limi tafsilotlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, "Aeroflot"dagi talon-taroj ishlari uchun Rossiyada sakkiz yillik koloniya jazosini o‘tagan Glushkov shu kunlarda Londonda vafot etdi.

Tergov hozircha erkakning o‘limini "tushunarsiz" deya izohlab turibdi. Shu bilan birga Skotlend-Yard Glushkov bo‘g‘ilishdan halok bo‘lgan degan versiyani ilgari surgan. Yuz bergan hodisa — qotillik sifatida kvalifikatsiya qilingan. Tergov ishlari davom ettirilmoqda. Rossiya tergov qo‘mitasida jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0