"Skripal ishi": Rossiya TIV qarshi choralar ko‘rishga va’da berdi

Obuna bo‘lish
Rossiya Britaniyaning shoshmashosharlik bilan qabul qilingan ushbu qaroridan afsusda ekanini va javob choralari ko‘rishga majbur bo‘lishini xabar qildi.

TOShKENT, 15 mar – Sputnik. Britaniya bosh vaziri Tereza Mey kuni kecha "Skripal ishi" bo‘yicha Parlamentda o‘tkazgan majlisida Rossiyaning 23 nafar diplomatini mamlakatdan chiqarib yuborish qarorini e’lon qilgan edi.

Mey, shuningdek, Britaniya rahbariyati Rossiya bilan yuqori darajadagi barcha aloqalarni to‘xtatishini, Britaniya mansabdor shaxslari va qirol oilasi vakillari Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon Chempionatiga  tashrif buyurmasliklarini aytib o‘tdi.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova kechaning o‘zida Moskva Britaniya Bosh vaziri Tereza Meyning bayonotiga javoban, Buyuk Britaniyaga nisbatan, u qo‘llagan choralarga o‘xshash javob choralarini tayyorlaydi, deya ma’lum qildi.

Zaxarovaga ko‘ra, javob choralari ayni vaqtda ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, Rossiya davlat Dumasi deputati Anton Morozov Britaniyaning Rossiyaga nisbatan chuqur o‘ylab ko‘rilmagan, shoshmashosharlik bilan qabul qilingan ushbu qaroridan afsusda ekanini bildirgan edi.

Britanskiy flag na fone Big-Bena v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Hammasi "Novichok" tufayli: Britaniya Rossiya bilan munosabatlarni to‘xtatmoqda

"23 nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborish – bu juda jiddiy chora. Uning oqibatida ikki mamlakat munosabatlari darajasi juda pastga tushib ketadi. Bizning diplomatlar mamlakatlar orasida umumiy nuqtalar topishga, munosabatlarni yaqinlashtirishga harakat qilishayotgan edi. Albatta, bu juda qayg‘uli.

Ma’lumki, diplomatiya sohasida har bir choraga teng javob berish prinsipi amal qiladi. Unga ko‘ra yaqin orada Rossiya TIVi ham ana shunday javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘ladi. Biz Davlat Dumasida Britaniya ana shunday shoshma-shoshar, chuqur o‘ylanmagan qadam qo‘yganidan juda afsusdamiz", — dedi Morozov.

Sal oldin Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Rossiya tomon Razvedka bosh boshqarmasi sobiq xodimi Sergey Skripal hodisasi bo‘yicha tekshiruv ishlarini o‘tkazishga tayyorligini aytib, Buyuk Britaniyani mamlakat tergov qo‘mitasi tomonidan tilga olinayotgan zaharli moddadan namunalar taqdim etishga chaqirgan edi.

Bunga javoban Buyuk Britaniya Sergey Skripalning zaharlanishi holati yuzasidan Rossiyaga zaharli moddaning namunalarini taqdim etishga majbur emasligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Londonda sobiq shpion Skripal va uning qizini "Novichok" nomli jangovar gaz bilan zaharlashda Rossiyani aybdor deb e’lon qilgan va seshanba kuni kechgacha ushbu vaziyat yuzasidan javob berishni talab qilgan edi.

Rossiya TIV o‘z navbatida ushbu ayblovlar uchun hech qanday asos yo‘qligini ta’kidlab, xalqaro huquq normalariga muvofiq, Britaniya dastavval dalillar keltirishi kerakligini aytgan edi.

Undan tashqari, Rossiya TIV Kimoviy Qurol tarqatmaslik Konvensiyasi shartlariga muvofiq, ayblovchi tomon gumon qilinuvchi tomonga ushbu zaharli moddaning namunasini taqdim etishi kerakligini va tergov-qidiruv materiallari bilan to‘liq tanishtirishi kerakligini esga solgan edi.

MID RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya TIV Britaniya elchisiga norozilik notasini topshirdi

Sobiq Bosh Razvedka boshqarmasi (GRU) xodimi, Sergey Skripal sotqinlikda ayblanib qamoqqa olingan. 2010-yilda qo‘lga olingan shpionlar bilan o‘zaro almashuv doirasida Skripal ham qamoqdan ozod qilingan va Britaniyada boshpana topgan edi.

"Novichok" nomli zaharli gaz Sovet ittifoqida 1990-yillarda ishlab chiqarilgan. U dunyoda eng kuchli kimoviy qurolardan biri hisoblanadi. U bilan zaharlangan kishi vafot etishi yoki bir umrga nogiron bo‘lib qolishi muqarrar. "Novichok" gazining 2 grami 500 kishini o‘ldirishi mumkin. Ayni damda, xalqaro shartnomalarga muvofiq, Rossiya o‘z hududida ushbu gazning barcha zahiralarini yo‘q qilgan.

Yangiliklar lentasi
0