O‘zbekistonda qarzdorlar yagona ma’lumot bazasi paydo bo‘ladi

© Prokuratura Tashkentskoy oblastiSotrudniki Buro prinuditelnogo ispolneniya poluchili avto i mopedi
Sotrudniki Buro prinuditelnogo ispolneniya poluchili avto i mopedi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uning asosiy vazifasi – Majburiy ijro burosi hamda davlat organlari, banklar va boshqa muassasalar orasida tezkor operativ axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishdir.

TOShKENT, 14 mar – Sputnik. Ushbu yilning 1-sentabriga qadar O‘zbekistonda yagona qarzdorlar ma’lumot bazasi yaratiladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri O‘zbekiston prezidenti yangi qaroriga aosan.

Sud timsoli - Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘istonda aliment to‘lamay qochib yurgan 254 qarzdor qidiruvga berildi

Bugungi kunda amaldagi tizimning samarasizligi hamda turli muassasalar orasida o‘zaro hamkorlikning yo‘qligi tufayli, qarzdorlar nafaqat javobgarlikdan qochishi, balkim yangi qarzlar olib, mamlakatdan chiqib ketishlari ham mumkin.

Qarorda aytilishiga ko‘ra, qarzlarni undirish yangi tizimi O‘zbekiston Bosh prokuraturasining Majburiy ijro burosi huzurida 2018-yilning 1-sentabrga qadar tashkil qilinadi.

Uning asosiy vazifasi – Majburiy ijro burosi hamda davlat organlari, banklar va boshqa muassasalar orasida tezkor operativ axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishdir. Yangi tizim qarzdor shaxslarni, ularning mol-mulkini, ota-onalik huquqidan mahrum qilingan fuqarolarning bolalarini izlash bilan ham shug‘ullanadi.

Polzovatel za rabotoy - Sputnik O‘zbekiston
Majburiy ijro burosi musodara qilingan mol-mulklarni onlayn-auksionga qo‘ydi

Shuningdek, yangi tizim davlat ijroiya muassasalarining qaror, topshiriq, ko‘rsatma, ogohlantirish va bildirgilarini va ularning javoblarini elektron hujjat ko‘rinishida davlat organlari va banklarga yuborish bilan ham shug‘ullanadi.

Yangi tizim yordamida qarzini to‘lashdan bosh tortib yurgan fuqarolarga nisbatan turli cheklov choralari qo‘llash imkonini ham beradi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 1-mayidan boshlab barcha uchun ochiq bo‘lgan qarzdorlar ma’lumotlar bazasi ishga tushadi. Ushbu ma’lumotlar bazasiga kiritilgan fuqarolar va yuridik shaxslar yirik tijorat shartnomalari imzolash, moliya-kredit va davlat xizmatlarining ayrim turlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilinadi.

Undan tashqari, qarzdorlarga xalqaro yo‘nalishlarda harakat qiluvchi samolyot, poyezd va avtoobuslarga bilet sotish ham ta’qiqlanandi.

Yangiliklar lentasi
0