TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro burosi musodara qilingan mol-mulklarni onlayn-auksionga qo‘ydi.
Lotlar ro‘yxati orasida 450 millon so‘mga narxlangan do‘kon, Anjijon shahridagi 450 million so‘mga baholangan banketlar zali o‘rin olgan.
Shuningdek, auksionda 56 va 70 million so‘mga narxlangan Spark va Malibu mashinalarini sotib olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Majburiy ijro burosi aholi tomonidan o‘z vaqtida energiya resurslarini o‘z vaqtida to‘lanishi nazoratga olingan.
Joriy yil 27-iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorini imzolagandi. Unga asosan birinchi sentabrda boshlab, O‘zbekistonda yagona onlayn savdo maydonchasi o‘z ish faoliyatini boshladi.