TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda yanvar oyida bo‘lib o‘tgan "Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlarni moddiy jihatdan ta’minlash oyligi" davomida 2541 ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlardan jami 390 mln. so‘mdan ortiq aliment nafaqalari undirib berildi, deb yozadi Kruz.uz.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, respublika prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa mutasaddi idoralarning Qo‘shma farmoyishiga muvofiq o‘tkazilgan tadbir natijasida 300 nafar qarzdorning respublika hududidan vaqtincha chiqish huquqlari cheklanib, 254 qarzdorga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.
Sud ijrochilari tomonidan 15 qarzdorga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish bo‘yicha taqdimnoma kiritilib, 12 nafar qarzdorga jinoiy ish qo‘zg‘atildi.