TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi sobiq razvedka polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishi yuzasidan qo‘yilayotgan ayblovlar tufayli Buyuk Britaniya elchisi Lori Bristouga keskin norozilik bildirdi.
Xabarda Britaniya hukumatining harakatlari ochiqchasiga fitna xarakteriga ega ekanligi alohida ta’kidlangan. Shuningdek, Rossiyaning Solsberidagi hodisaga aloqasi yo‘qligi qo‘shimcha qilingan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi britaniya tergovi aytib o‘tgan modda namunasi Rossiyaga yuborilmas ekan, Moskva Londonning ultimatumiga javob bermasligini ma’lum qilgan.
Rossiya TIV bayonotiga ko‘ra, Buyuk Britaniya kimoviy qurolni ta’qiqlovchi Konvensiya doirasida harakat qilishi — demak-ki, hamkorlikda tergov harakatlarini olib borishi lozim.
"Busiz Londonning barcha bayonotlari ma’nosizdir. Ayni holatda esa, ushbu hodisaga, Britaniya hukumati nopoklarcha navbatdagi bor Rossiyani obro‘sizlantirishga urinmoqda, deya baho beramiz", — deb qo‘shimcha qilgan muassasa.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Angliyada Bosh razvedka boshqarmasining sobiq polkovnigi va uning qizi zaharlanib, kasalxonaga yotqizilgan edi. Hozirda ular koma holatida.
Siyosatchi Moskvaga seshanba kuni kechgacha vaqt berib, bu vaqt oralig‘ida Rossiya ushbu holatni to‘liq tushuntirib berishi lozimligini, aks holda, avvalgidan ko‘ra "ancha jiddiy choralar ko‘rishi" bilan qo‘rqitdi.
Mey Rossiyani ayblar ekan, hech qanday dalil keltirmadi.
Rossiya TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova Mey bayonotini "sirk shousi" va fitna deya baholadi.