Eksklyuziv: Lola Yo‘ldosheva Rossiyadagi hayoti va ijodi haqida intervyu berdi

© Foto: Begzod RustamovPevitsa Lola Yuldasheva
Pevitsa Lola Yuldasheva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taniqli ekstrada qo‘shiqchisi Lola Yo‘ldosheva Sputnik tahririyatiga bergan eksklyuziv intervyusida Rossiyadagi hayoti, konsertni tashkil qilish bo‘yicha qiyinchiliklar haqida so‘zlab berdi

TOShKENT, 13 mar — Sputnik, Lev Rijkov. Taniqli o‘zbek qo‘shiqchisi Lola Yo‘ldosheva uzoq tanaffusdan so‘ng Moskvada katta konsert berdi. Konsert 8-mart kuni bo‘lib o‘tdi va muxlislarga katta zavq ulashdi. Sputnik muxbiri xonanda konsertga tayyorgarlik ko‘rayotgan joyga kirib borishga muvaffaq bo‘ldi va maftunkor Lola bilan suhbatlashdi.

Pevitsa Lola Yuldasheva - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada Lola Yo‘ldoshevaning katta konserti bo‘lib o‘tdi

Tayyorgarlik joyi bolalar raqs studiyasida joylashgan. Bitta zalda Lola raqs ustalari bilan tayyorgarlik ko‘rmoqda, boshqa xonada esa yosh bolalar shug‘ullanishmoqda. Yo‘ldosheva tanaffus qilganida bolalar uning oldiga kelib, salomlashishdi. "Farzandlaringizga salomlarimizni yetkazib qo‘ying!", — mehribonlik bilan dedi yosh raqqosa. "Albatta, yetkazaman", — deydi muloyimlik bilan Lola.

Konsert oldidan qizg‘in tayyorgarlik jarayoni kechmoqda. Lolaning telefoniga tinimsiz qo‘ng‘iroqlar bo‘lmoqda. Konsert liboslarini aeroportda kutib olishdi, lekin Toshkentdan uchib kelgan gitarachi hali yo‘q. Zudlik bilan unga taksi chaqirish kerak…

"Konsert — har doim juda hayajonli tadbir, har qanday artist unga juda katta mas’uliyat bilan yondoshadi. Bu o‘ziga xos sarhisob vaqtidir. Bu jonli energiya tuyg‘usi — hech qanday audioyozuv unga teng kelmaydi. Bu energiya almashinuvidir: sen berasan, va shu vaqtning o‘zida o‘zing ham olasan. Ana shunday almashinuv. Buni oddiy so‘z bilan ta’riflash mumkin emas. Buni faqat his qilish lozim. Shuning uchun biz artistlar uchun bu juda muhim", — deydi Lola.

Chemodanlarga solingan liboslar

- Men katta konsertlarga tayyorgarlik ko‘rish bu juda asabli ish ekanligini har doim bilardim. Lekin samolyotlarni ham kutib olish kerakligi umuman hayolimga kelmagan ekan.

© Foto: Begzod RustamovKonsert Loli Yuldashevoy v Moskve proshel s anshlagom
Konsert Loli Yuldashevoy v Moskve proshel s anshlagom  - Sputnik O‘zbekiston
Konsert Loli Yuldashevoy v Moskve proshel s anshlagom

— Siz nima deb o‘ylagandingiz! Bugun ertalab bir nechta liboslar solingan chemodanlar samolyotda uchib keldi — men va raqs ustalari uchun. Tayyorgarlik juda jiddiy. O‘ylashimcha, qaysi ishga qo‘l urmagin, unga birinchi navbatda muhabbat bilan yondoshish zarur. Faqat o‘shanda ishni 100% uddasidan chiqish mumkin.

- Liboslar solingan chemodanlar nechtasi shaxsan siz uchun?

— Konsertimiz uch bo‘limdan iborat. Bu uchta libos degani. Liboslar bilan Zulfiya Sulton shug‘ullanadi — u mening juda yaqin dizayner dugonam. Ko‘p yillar davomida men uchun liboslar yaratadi.

Umuman olganda Zulfiya — O‘zbekiston moda sanoatining g‘ururidir. U turli davlatlarda, xususan Milan, Parij va Moskvadagi "Mersedes feshn vik" ko‘rgazmasida qatnashgan. Menga uning ishga bo‘lgan munosabati juda yoqadi, u ishga ulkan muhabbat va btun borlig‘i bilan yondoshadi. Har bir libos — qo‘l mehnati, xend-meyd hisoblanadi.

Endi xonandalar yotoqxona va boshqa xosxonalarda yonboshlab qo‘shiq aytmaydi

Masalan, Zulfiya bitta libosda o‘n mingga yaqin gullarni alohida qo‘lda tikib chiqqan. Har bir gul mayda detallardan iborat, ular qo‘lda qirqilib, tikiladi. Umuman olganda bu haqiqiy san’at asari hisoblanadi.

- Sizga konsert liboslari kech qolmaganmi?

— Ular hech kechon kech qolmagan. Liboslar tikilishi Toshkentda bugun ertalab soat 4 gacha o‘z yakuniga yetgan. Soat 7 da samolyotda jo‘natilgan. Bu Toshkent aeroportida soat 5 da bo‘lgani degani. So‘nggi soniyalarda kichik qismlari tikilgan. Barcha liboslar chemondanlarga solinib, diqqat bilan uralgan va shu vaqtning o‘zida aeroportga olib borilgan.

Vatandoshlarga mehr va issiqlik tuhfa etish

- Siz so‘nggi vaqtlarda umuman juda kam chiqish qilmoqdasiz? Nima sababdan?

— Men juda ham kam demagan bo‘lardim. Yaqinda Toshkentda yakkaxon konsertim bo‘lib o‘tdi. Shu vaqtlarda Moskva va Nyu-Yorkda ham konsertlarim bo‘ldi. Gap shundaki, oilaviy sharoitim tufayli men Moskvaga ko‘chib o‘tdim, shuning uchun ko‘pam konsert berish imkoniyati bo‘lmadi. Lekin o‘ylaymanki, shu yilda bu albatta to‘g‘rilanadi.

© Foto: Begzod RustamovPevitsa Lola Yuldasheva poradovala svoix slushateley v Mejdunarodniy jenskiy den
Pevitsa Lola Yuldasheva poradovala svoix slushateley v Mejdunarodniy jenskiy den - Sputnik O‘zbekiston
Pevitsa Lola Yuldasheva poradovala svoix slushateley v Mejdunarodniy jenskiy den

- Lola siz dunyoning eng mashhur konsert sahnalarida chiqqansiz. Sizning fikringizcha, O‘zbekistonlik artistlar qaysi yo‘ldan ketishlari zarur, milliy an’analarini rivojlantirish zarurmi yoki xorijiy mamlakatlar musiqa ijod namunalariga o‘tish kerakmi?

— Agar kulinariya allegoriyasini davom ettiradigan bo‘lsak, o‘zbek musiqasi — bu juda ulkan oshxona. Bunday musiqani kuylash uchun albatta qobiliyat bo‘lishi kerak. Ishoning, bizdagi uyg‘unlik, melizmatikani o‘zlashtirish juda qiyin. Fikrimcha — eng yaxshisi har doim o‘ziga xoslikni saqlab volish kerak. O‘z ildizlarini unutish kerak emas. Albatta, hozir hayot shiddat bilan o‘tib bormoqda, tendensiyalarga ulgurish qiyin. Har kuni qandaydir yangilik bor. Musiqada ham shunday. Shuning uchun albatta vaqt bilan birga yurish mumkin. Lekin o‘sha millatimizga mos bo‘lgan o‘ziga xoslikni yo‘qotish kerak emas. O‘shanda, o‘ylashimcha, juda qiziqarli sintez hosil bo‘ladi.

Uzbekskaya pevitsa Lola Yuldasheva - Sputnik O‘zbekiston
Taniqli o‘zbek estrada qo‘shiqchisi Lola Yo‘ldosheva Moskvada katta konsert beradi

- Siz konsertga qanday tayyorgarlik ko‘rapsiz, Toshkentdan musiqachilar hozirgina kelgan bo‘lsa?

— Hozir musiqachilarsiz tayyorgarlik ko‘rish mumkin, shuning uchun "minus-aranjirovka — tovushsiz" bor. Raqslarni shu zalda tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Xuddi shundan zalda vokal bilan shug‘ullanaman.

- Vatandoshlaringiz esingizda borligi va ularga Moskvada chiqish uchun imkoniyat berayotganingiz juda yaxshi. Keyinchalik ham ular bilan ishlaysizmi?

— Siz tasavvur ham qilolmaysiz, bu ularga qanchalik quvonch keltiradi. Ular bunda kuch olishadi. Moskvada konsert berganimda, ular hech qanday tomonlarni so‘ramasdan, hech qanday gonorar yoki shartlarni muhokama qilishmaydi. Umuman hech narsani! Chunki ular uchun — bu bayram. Bu ularning hayoti. Shuning uchun ular shu kuchni olish uchun kelishadi. Ular quvvatni olib, qaytib ketishadi. Ishlarini Toshkentda davom ettirishadi.

- Umuman olganda, o‘z vatanida musiqachilar super yulduz bo‘lish imkoniyatiga egami?

— Umid qilamanki, O‘zbekistonning kelajagi buyuk. Bizda qobiliyatli artistlar ko‘p. Albatta, ularga yo‘l ochib berish kerak. Qobiliyatli artistlarga yordam berilsa, rivojlanamiz.

- Konsertingizda kimni ko‘proq ko‘rishni istaysiz?

— Albatta vatandoshlarimni. Sevimli musiqa va qo‘shiqlarni sog‘ingan insonlar haqida o‘ylayman. Ayrim insonlar O‘zbekistonga borish imkoniyatiga ega emas. Ular bu yerda o‘qishadi yoki ishlashadi. Ayrim qo‘shiqlarimga 15-yil bo‘lgan. Ularni eshitib ulg‘ayganlar bor. Vatanimiz, uyimiz taftini ulashish va shu yerda bunday sovuq paytlarda iliqlik ila qarshi olish men uchun juda muhim.

Qordan zavq olish

- Siz hozir Moskvada yashaysizmi?

— Ha, biz Moskvada yashaymiz. Bolalar maktabda o‘qishadi. Ular har kuni uyga kelganda meni o‘z baholari bilan xursand qilishadi. Besh baholari bilan!

Uzbekskaya pevitsa Tamila - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda "shou-biznes" tartibga solinadi

- Sovuq qotmadizmi?

— Biz quyosh odamlarimiz, albatta bu yerda bizga quyosh nuri kamlik qildi. Bu yerga kelganimizda, birinchi oylarda men juda qiynaldim. Uyg‘onganimda menga issiqlik, yorug‘lik yetishmasdi. Men quyoshni, uning nurida isinishni istardim. Bundan meni kayfiyatimga bog‘liq. Men ijodkor bo‘lganim tufayli, ob-havo menga juda ta’sir ko‘rsatadi. Uyg‘onganimda havo bulut bo‘lsa, men ham xomush, kayfiyatsiz bo‘lib yuraman. Biroq inson hamma narsaga ko‘nikar ekan.

- Demak, siz Moskva iqlimiga o‘rganibsizde?

— Hozir ko‘nikdim. Meni ob-havo bezovta qilmayapti. Men qorga xursand bo‘lishni o‘rgandim. Fevral va martdagi qor — bu har doim quyosh va quvonch degani. Qor yoqqanda farzandlar bilan kiyinib, parkka chiqamiz. U yerda sayr qilib, qorbo‘ron o‘ynaymiz. Sovuqqotmaymiz, biz quvonamiz.

© Foto: Begzod RustamovUzbekskaya pevitsa Lola Yuldasheva
Uzbekskaya pevitsa Lola Yuldasheva - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekskaya pevitsa Lola Yuldasheva

- Toshkentni sog‘inasizmi?

— Sizga qanday aytsam ekan? Qayerda yo‘q ekanmiz, o‘sha joy yaxshi bo‘ladi. Biroq mening holatimda menga hamma joyda yaxshi, chunki agar o‘zing bilan hamohang bo‘lsang — ichki holating tinch, qulay va taftli bo‘ladi. Qayerda bo‘lishingdan qat’i nazar, yoningda yaqinlaring, sevimli insonlar sen bilan birga bo‘lishsa, shu yetarli.

- Turmush o‘rtog‘ingiz haqida aytib bering. Kim bo‘lib ishlaydi? Axir, mushtariylarimiz u haqda hech qanday ma’lumotga ega emasku!

— O‘ylaymanki, bilishmaydi. Men yaqinda turmushga chiqdim. Atigi 2-yil oldin. Bu hozircha sir bo‘lib qolsin.

- Turmush o‘rtog‘ingiz boy insonmi?

— Bilasizmi, boylik tushunchasi — mavhum tushuncha. Kim uchundir uncha boy bo‘lmasligi mumkin. Kimgadir, ehtimol, bu mukammalik va moliyaviy farovonlikning eng yuqori cho‘qqisidir. Shuning uchun hammasi nisbiy. Menga hammasi yetarli.

Yangiliklar lentasi
0