Moskvada Lola Yo‘ldoshevaning katta konserti bo‘lib o‘tdi

Obuna bo‘lish
Lola Yo‘ldosheva konsertga kelgan barcha ayollarni 8-mart xotin-qizlar bayrami bilan tabriklab, ularga baxt-saodat, sihat-salomatlik va mehr-muhabbat tiladi

TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Kecha, 8-mart kuni xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan Moskvaning "Izmaylovo Concert Hall" saroyida nihol mukofoti sovrindori Lola Yo‘ldoshevaning katta konserti bo‘lib o‘tdi.

Uzbekskaya pevitsa Lola Yuldasheva - Sputnik O‘zbekiston
Taniqli o‘zbek estrada qo‘shiqchisi Lola Yo‘ldosheva Moskvada katta konsert beradi

Konsert boshlanishidan bir soat avval zalning kirish qismida tashkil qilingan o‘zbek milliy qo‘shiqlar sadosi ostida muxlislar raqsga tushishdi.

Keng zal gavjum, ko‘pchilik o‘zbekistonliklar turli shaharlardan ataylab shu konsert uchun kelishgan.

Konsert boshida Lola barcha ayollarni 8-mart xotin-qizlar bayrami bilan tabriklab, ularga baxt-saodat, mehr-muhabbat tiladi.

"Azizlarim, sizlarga bo‘lgan mehrimni, muhabbatimni, sog‘inchimni qo‘shiqlarim orqali hadya etmoqchiman. Bugun hamma qo‘shiqlarim faqat sizlar uchun", — deb murojaat qildi Lola Yo‘ldoshev konsert boshida.

Konsertda Lolaning sho‘x qo‘shig‘i boshlangach, zalning u yer-bu yeridan tomoshabinlar o‘rinlaridan turib, raqsga tushib ketishdi.

Konsertda Lola o‘zining eng sara xit taronalari muxlislarga tug‘fa etdi: ulardan "Muhabbatim", "Qaytmaydi", "Bilmaysan" nomli qo‘shiqlar bilan muxlislarni hushnud etdi. Qo‘shiqlarini ko‘pchilik muxlislar yoddan aytib, qo‘shiqchi bilan birgalikda kuylashdi. Ayniqsa, Lola kuylagan "Toshkent-Samarqand" nomli qo‘shig‘i zaldagi ko‘pchilik muxlislarni raqs tushishga chorladi.

Umuman olganda kechagi konsert ayollarga haqiqiy tuxfa bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0