O‘zbekistonda "shou-biznes" tartibga solinadi

© Tamila uzUzbekskaya pevitsa Tamila
Uzbekskaya pevitsa Tamila - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namoyishlarda fonogrammadan foydalanish taqiqlandi. Milliy ma’naviyatga mos kelmaydigan kliplarni ko‘rikdan o‘tkazuvchi badiiy kengash tashkil etildi. Ushbu kengash ko‘rigidan o‘tmagan, belgilangan talablarga javob bermaydigan klip mualliflarining litsenziyasi bekor qilinadi

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. San’atkorlar ijodiga ma’lum cheklovlar qo‘yilishi bilan bir qatorda,  san’atkorlar to‘laydigan davlat bojining stavkasi 10 foizdan 7 foizgacha kamaytirildi, deb yozadi "Zarafshon" gazetasi.

Konsert Yulduz Usmanovoy v amfiteatre - Sputnik O‘zbekiston
San’atkorlarning sahnada o‘zini tutishi va muomala madaniyati nazorat ostiga olinadi
"O‘zbekkonsert" davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov Samarqand shahridagi konsert zalida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida san’atkorlarga berilayotgan imkoniyat va ular oldiga qo‘yilayotgan talablar, konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash, konsertlarni o‘tkazish bo‘yicha nazoratni kuchaytirish, san’atkor va raqqosalarning to‘y-hasham, bayram tadbirlari, ommaviy yig‘inlarda o‘zini tutishi, kiyinish madaniyatini tartibga solish masalalari xususida so‘z yuritgan.

Abduqahhorovning aytishicha, shu kungacha bir konsert dasturi uchun san’atkordan olgan daromadining 30 %i davlat boji sifatida undirilardi. Endilikda bu foiz stavkasi 10 foizdan 7 %gacha kamaytirildi. San’atkor faoliyatini rasmiylashtirishga mavsumiy, ya’ni uch oylik litsenziya, nogiron va nafaqadagilarga bepul litsenziya berish joriy etildi.

Namoyishlarda fonogrammadan foydalanish taqiqlandi. Milliy ma’naviyatga mos kelmaydigan kliplarni ko‘rikdan o‘tkazuvchi badiiy kengash tashkil etildi. Ushbu kengash ko‘rigidan o‘tmagan, belgilangan talablarga javob bermaydigan klip mualliflarining litsenziyasi bekor qilinadi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: adabiyot va san’at, OAVlarning biznesga aylanishiga yo‘l qo‘ymaymiz

"San’atning hech bir turi bo‘yicha muvaffaqiyatlarga mehnatsiz erishib bo‘lmaydi. Qo‘shiqchilikda san’atkor ovozida, kayfiyatida, hatto yuz ifodasida ham xalqning ruhiyatini aks ettirishi zarur", degan "O‘zbekkonsert" rahbari.

O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva Samarqand shahridagi 3-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari uchun o‘tkazgan mahorat mashg‘ulotlarida qo‘shiqchilikning shu kabi sir-sinoatlari haqida so‘zlab berdi.

Yangiliklar lentasi
0