TOShKENT, 12 mar — Sputnik. KXDR yetakchisi Kim Chen In AQSh bilan tinchlik shartnomasini tuzishni va ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlarni yo‘lga qo‘yishni "qattiq xohlashi"ni ma’lum qildi, deb xabar berdi dushanba kuni "Tona ilbo" nashri Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyatidagi yuqori martabali manbaga tayangan holda. RIA Novosti xabari asosida.
Nashr suhbatdoshi so‘zlariga ko‘ra, AQSh bilan munosabatlarni mustahkamlash haqida o‘z qarorini Pxenyanda janubiy Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvi vaqtida ma’lum qilgan.
"Kim Chen Inning pirovard maqsadi AQSh bilan tinchlik shartnomasini imzolash va normal diplomatik munosabatlarni o‘rnatishdir, Pxenyanda Amerika elchixonasi ochilishi ham mumkin", — deb aytgan manba.
Ilgarirov shimoliy koreyalik yetakchi AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish taklifini kiritgan edi, Vashingtonda bu taklifga rozi bo‘lishgan edi. Muzokaralar uchrashuvi vaqti va joyi esa sal keyinroq kelishilishi haqida ma’lum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh bilan tinchlik shartnomasini imzolash taklifi shimoliy Koreya hukumati tomonidan avvaldan, xususan, Kim Chen Inning buvasi Kim Ir Sen davridan buyon bildirilib kelinadi.
Bill Klinton prezidentligi davrida ham amerikaliklar Pxenyan bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatish borasida muzokaralarni olib borishgan. O‘shanda hattoki sobiq GDR vakolatxonasi binosi o‘rnida Qo‘shma Shtatlar elchixonasini ochish imkoniyati ko‘rib chiqilgan edi. Ammo sal vaqtdan so‘ng u yerda AQShning Shimoliy Koreyadagi vakili rolini bajaruvchi Shvetsiya diplomatik missiyasi joy egaladi. Ammo Amerikada hukumat o‘zgargach va Jorj Bush hukumati paydo bo‘lgach, bu rejalarning barchasi yo‘qqa chiqqan edi.