O‘ho‘: Mirziyoyevning tarixiy tashabbusi, Bobomurod Abdullayev sudi, AQSh razvedkasi bayonoti

Obuna bo‘lish
O‘tgan hafta O‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochildi: prezident Shavkat Mirziyoyev harakatlari tufayli O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yaqin qardoshlik, do‘stona munosabatlar tiklandi. O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab yuz bergan voqealar Sputnik O‘zbekiston nigohida

TOShKENT, 12 mar — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev samolyoti 9-mart kuni Dushanbe shahriga kelib qo‘ndi. Aeroportda Mirziyoyevni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning shaxsan o‘zi kutib oldi. Uchrashuv asnosida ikki davlat rahbarlari mamlakatlar o‘rtasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, shuningdek 27ta muhim bitimlarni imzolashdi.

Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvni tarixiy deb atash mumkinligini, chunki "biz xalqlarimizning orzusini amalga oshirdik", deb ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon na vstreche v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi
Darhaqiqat, Mirziyoyev va Rahmon uchrashuvini ikki xalq vakillari katta hayajon va ko‘zda yosh bilan kuzatishgan bo‘lsa, Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i "Prezidentimizga rahmat!", "20 yil deganda yaqinlarimni borib ko‘rish baxtiga muyassar bo‘ldim", "O‘zbek va tojik do‘stligi abadiy bo‘lsin!" mazmunidagi his-hayajonli postlarga to‘lib toshdi.

O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga tashrifi butun dunyo e’tiborida bo‘ldi: ikki mamlakat qanday hujjatlarni imzolashgani, Mirziyoyevning Rahmonga sovg‘asi, ikki mamlakat o‘rtasida joriy etilgan vizasiz rejimdan tortib, Mirziyovning Emomali Rahmonga "birodarim" deya qigan murojaati — barcha-barchasi xorijiy OAVlarda keng yoritildi.

Ta’kidlash joizki, qo‘shnilar bilan do‘stona munosabat — O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Mirziyoyev o‘z faoliyati avvalidayoq O‘zbekiston hamma qo‘shnilar bilan faqat do‘st bo‘lishini alohida ta’kidlab o‘tgan edi.

"Hamma qo‘shnilar bilan biz do‘st bo‘lamiz. Boshqa niyatimiz ham yo‘q. Albatta, ko‘p-ko‘p muammolar bor, lekin odamzot shuni uchun, rahbariyat shuni uchun bor-ki, bu muammolarni aql bilan, iroda bilan, vazminlik bilan yechish kerak. Ikki xalq orasida do‘stlik ko‘prigini mustahkamlash bo‘yicha agar biz niyat qilsak, baribir Xudo taolo o‘zi yechib beradi — u chevar o‘zi. Har bir davlatni o‘zini niyati, o‘zini xalqi, o‘zini istaklari bor. Shuning uchun biz do‘stlik nuqtayi-nazaridan, samimiylik nuqtayi nazaridan, birodarlik nuqtayi-nazaridan qo‘shnilarimiz bilan faqat do‘st, do‘st va yana bir marta do‘st bo‘lamiz", — degan edi Mirziyoyev.

O‘zbekiston rahbari ta’kidlaganidek, endilikda ikki davlat zimmasida boy berilgan imkoniyatlarni tiklash, munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish singari mas’uliyatli vazifa turibdi.

Bobomurod Abdullayev sudi

Jurnalist Bobomurod Abdullayevning sudi — O‘zbekistonda inson huquqlari himoyasi kuchaytirilganini yaqqol dalillovchi sud jarayonlaridan biri bo‘lmoqda.

7 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi(O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasreddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevlarga nisbatan ochiq sud majlisi boshlandi.

Molotok sudi - Sputnik O‘zbekiston
Bobomurod Abdullayev ishi: sud ayblanuvchining advokati - Mayorov iltimosnomasini qabul qildi

Sud majlisi avvalida advokat Sergey Mayorov tomonidan sudlanuvchi Bobomurod Abdullayevga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasini tayinlash to‘g‘risida iltimosnoma kiritildi.

Advokat Mayorovning aytishicha, u o‘zi himoyasi ostidagi Abdullayev bilan Milliy xavfsizlik xizmatining tergov izolyatorida ikki marta uchrashgan. Mayorovga ko‘ra, Abdullayev bu uchrashuvlarda MXX xodimlari uni bir necha marta uni qiynoqqa solib, urishgani, tan jarohatlarini yetkazishgani, jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik qo‘llab, u sodir etmagan jinoyatlarni amalga oshirganini tan olishga majburlashganini aytgan. U shuningdek boshqa shaxslarga nisbatan yolg‘on ko‘rsatmalar berganini ma’lum qilgan va advokatidan agar shunday xabarlar tarqalsa, bu yolg‘on ekanligini barchaga ma’lum qilib qo‘yishini so‘ragan.

Sudya prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 30-noyabrdagi "Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoniga tayangan holda advokat iltimosnomasini qanoatlantirdi. Sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilishi bilan kelgusi majlis to‘g‘risida xabar qilinadigan bo‘ldi.

AQSh razvedka xizmatining "tashvishli bayonoti"

O‘tgan haftada AQSh milliy razvedka xizmati direktori Deniyel Koutsning Amerika oldida turgan global tahdidlarga bag‘ishlangan bayonoti e’lon qilindi.

Amerikanskiy flag. Vashington - Sputnik O‘zbekiston
AQSh razvedkasi: "ID" xavfi tufayli Rossiyaning Markaziy Osiyoda mavqeyi mustahkamlanadi

Kouts Afg‘onistonga ko‘chib o‘tgan "Islom davlati" terrorchilik guruhlari xavfi tufayli Rossiyaning Markaziy Osiyodagi pozitsiyasi mustahkamlanishi mumkinligini ma’lum qildi. Ammo bu hali hammasi emas.

AQSh milliy razvedkasi direktori bayonotida aytilishicha, Rossiya sanksiyalar va Kiyevni qo‘llab-quvvatlash masalalarida G‘arb birligiga tajovuz qilish ishlarini davom ettiradi, ammo Kremlga hozirgi sanksiyalar putur yetkaza olmadi, deyiladi xulosada.

Bayonotda shuningdek, Rossiyadan bu yil "o‘ta vayronakor" kiberoperatsiyalarni kutish mumkinligi aytilgan. "Rossiya razvedkasi va xavfsizlik xizmatlari AQSh va uning ittifoqdoshlaridan inqirozga yaqin kelib qolgan infratuzilmalarni paypaslab aniqlashda hamda amerika siyosati haqida ma’lumotga ega bo‘lish uchun AQSh, NATO va ularning ittifoqdoshlariga hujum uyushtirishda davom etadi", deyiladi hujjatda.

Koutsning taxminiga ko‘ra, rasmiy Kreml Moskva AQSh bilan o‘z manfaatlariga xizmat qiladigan sohalarda hamkorlikni davom ettirib, shu bilan birga AQShni zaiflashtirish va yevroatlantik birlikni to‘zitib yuborish, o‘zining esa buyuk davlat maqomini yanada mustahkamlash uchun "turli agressiv taktikalar"dan foydalanishda davom etadi. 

Vladimir Putin otvetil na vopros pro Mixaila Saakashvili - Sputnik O‘zbekiston
Putin AQSh nima uchun Rossiyaga sanksiya kiritayotgani sababini aytdi

Rossiyalik amerikashunos-ekspert Konstantin Bloxin AQSh milliy razvedka xizmati rahbarining bayonotiga izoh berar ekan, bu sanksiyalar blan bosim o‘tkazish yetarli emas, ya’ni bosimni yanada kuchaytirish lozimligi haqida signal ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Siyosatshunosga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning harbiy kuchlarni ko‘z-ko‘z qilish bilan bog‘liq bo‘lgan so‘nggi bayonotlari amerikaliklarda nafrat va qahr-g‘azabni uyg‘otgan. Bundan tashqari ikki davlat iqtisodiyotining o‘zaro bog‘liqligi ham deyarli yo‘q hisob. "Shu tufayli kongressmenlar Rossiya-Amerika munosabatlarini shu qadar osonlikcha barbod qilishmoqda. Ularning maqsadi — mamlakatimiz tashqi siyosati yo‘nalishini o‘zgartirish, hukumatni o‘zgartirishdir. Shu bois sanksiyalar hali uzoq vaqt davom etadi", — xulosa qildi Bloxin.

Yangiliklar lentasi
0