O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaShavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon na vstreche v Dushanbe
Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon na vstreche v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat delegatsiyalari vakillarining tor va keng doiradagi muzokaralari doirasida mamlakatlar o‘rtasida hamkorlikning turli sohalarida 25dan ortiq hujjat imzolandi

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Do‘stlik va yaxshi qo‘shnilikni mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot, O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomani imzolashdi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki mamlakat delegatsiyalari vakillarining tor va keng doiradagi muzokaralari doirasida mamlakatlar o‘rtasida hamkorlikning turli sohalarida quyidagi hujjatlar imzolandi:

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari to‘g‘risidagi kelishuv;

Perviy poyezd na uzbeksko-tadjikskoy jeleznoy doroge - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Rahmon ikki mamlakatni bog‘lovchi temir yo‘lni ochib berishdi

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida havo transporti to‘g‘risida kelishuv;

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida Farhod suv ombori faoliyatini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim.

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro qatnovlari to‘g‘risida bitim;

Tojikiston va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik dasturi;

Dushanbe shahar hokimiyati ijroiya organi va Toshkent shahar hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida daromad va kapitaldan ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish va soliqdan qochishni oldini olish to‘g‘risidagi bitim.

Prezidenti Uzbekistana i Tadjikistana Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida hal qilinmagan masalalar qolmadi

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida moliyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida harbiy, maxsus yuk va harbiy kontingentni tomonlar davlatlari hududi orqali tranzit qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv;

Tojikiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o‘rtasida harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida fuqarolik mudofaasi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim.

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaSeremoniya podpisaniya soglasheniya mejdu delegatsiyami Uzbekistana i Tadjikistana
Seremoniya podpisaniya soglasheniya mejdu delegatsiyami Uzbekistana i Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston
Seremoniya podpisaniya soglasheniya mejdu delegatsiyami Uzbekistana i Tadjikistana

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida sarmoyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi bitim;

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash va xavfsizlik sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida oliy ta’lim va fan sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

Tojikiston Respublikasi hukumati Arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi o‘rtasida kelishuv;

Tojikiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida aholi salomatligi va aholini himoyalash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;

Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Emomali Raxmona v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Rahmonni O‘zbekistonga taklif etdi

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida 1996-yil 10-yanvardagi erkin savdo to‘g‘risidagi bitimga tovarlarni erkin savdodan olib qo‘yish to‘g‘risidagi protokol;

Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida tovarlar va transport vositalarini tashish jarayonida bojxona operatsiyalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati va Tojikiston Respublikasi Bojxona xizmati o‘rtasida bitim;

Tojikiston Respublikasi hukumati qoshidagi bojxona xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati o‘rtasida Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida o‘zaro tovarlarni tashish to‘g‘risida axborot almashinuvi to‘g‘risida protokol;

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim.

Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida chegara xodimlarining faoliyati to‘g‘risidagi bitim;

Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik dasturi;

Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti o‘rtasida memorandum.

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaShavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon na peregovorax v Dushanbe
Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon na peregovorax v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon na peregovorax v Dushanbe

Hujjatlarni imzolash marosimidan so‘ng davlat rahbarlari kengaytirilgan matbuot anjumanini o‘tkazdilar. Matbuot anjumanida Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokaralar do‘stona, ochiq va amaliy ruhda o‘tganini, muloqotlar natijasidan mamnunligini ta’kidladilar.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida hal qilinmagan masalalar qolmaganini ta’kidladi. Prezident Emomali Rahmon bu fikrni to‘la qo‘llab-quvvatladi.

Yangiliklar lentasi
0