Qirg‘iziston Bosh vaziri militsiyani politsiyaga aylantirmoqchi

© Press-slujba prezidenta KR / Sultan DosaliyevPremyer-ministr KR Sapar Isakov
Premyer-ministr KR Sapar Isakov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qayta nomlash qo‘shimcha mablag‘ni talab qilishi tufayli, ushbu jarayon reja asosida, barcha plyus va minuslar yaxshilab o‘rganilgach, amalga oshirilishi ta’kidlanmoqda

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Qirg‘iziston Bosh vaziri Sapar Isakov militsiyani politsiya etib qayta nomlashni taklif etmoqda, deb xabar qildi juma kuni Sputnik Qirg‘iziston.

Sotrudnik militsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Otliq militsiya tashkil etilayotgan bir paytda otsiz qolgan "militsiya"

"Militsiya — bu sovet davridan qolgan avtoritar militaristik tuzilma, u jarayon va statistikaga asoslangan. Politsiya vazifasiga esa jamoatchilik bilan hamkorlik qilish kiradi. Hozirda mutaxassislarimiz boshqa mamlakatlar tajribalarini o‘rganishmoqda. Men muhim omil sifatida ushbu topshiriqni berganman", — degan Isakov.

Isakovga ko‘ra, qayta nomlash qo‘shimcha mablag‘ni talab qilishi tufayli, ushbu jarayon reja asosida, barcha plyus va minuslar yaxshilab o‘rganilgach, amalga oshirilishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0