Qirg‘iziston chegarasida qo‘shimcha pasport tekshirish punktlari ochiladi

© FacebookOtkritie KPP Dostuk na granitse Kirgizstan-Uzbekistan
Otkritie KPP Dostuk na granitse Kirgizstan-Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bilan chegaradagi "Dostuk-avto" nazorat-o‘tkazish punkti qo‘shimcha jihozlangandan so‘ng fuqarolarning o‘tish tezligi 3 baravarga ko‘payishi rejalashtirilmoqda

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Qirg‘iziston chegarachilari O‘zbekiston bilan chegaradagi "Dostuk-avto" nazorat-o‘tkazish punktidagi navbatlarni bartaraf etish maqsadida qo‘shimcha pasport tekshirish punktlari ochiladi, deb xabar qildi RIA Novosti respublika davlat chegara xizmati vakiliga tayangan holda.

Pervoe zasedanie mejvedomstvennoy Koordinatsionnoy rabochey gruppi mejdu MVD Respubliki Uzbekistan i MVD Kirgizskoy Respubliki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirliklari o‘zaro hamkorlikni boshladi

"Respublika prezidenti Sooranbay Jeenbekovning topshirig‘iga asosan "Dostuk-avto" nazorat-o‘tkazish punkti orqali fuqarolar o‘tishini tezlashtirish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Punktda 4 ta chegara nazorat kabinalari o‘rnatildi. Shuningdek, qo‘shimcha konteyner qurilmoqda, unda yana 16 ta pasport tekshirish kabinalari bo‘ladi", — deb ma’lum qildi suhbatdosh.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shimcha jihozlash natijasida nazoratdan o‘tish punkti orqali fuqarolarning o‘tishi 3 baravar ko‘payishi rejalashtirilmoqda. Punktda 30 ta pasport tekshiruv kabinalari ishlaydi. Bundan tashqari, "Dostuk-avto" nazorat-o‘tkazish punktining shaxsiy tarkibini ko‘paytirish borasida tegishli qaror qabul qilindi.

Shu bilan birga, Qirg‘iziston chegara xizmati boshqa davlat tuzilmalari bilan birgalikda nazorat-o‘tkazish punkti oldidagi hudud tartibga keltirilmoqda.

Lyudi proxodat KPP na granitse Uzbekistana i Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
"Do‘stlik" nazorat-o‘tish punktidagi tirbandliklarga barham beriladi

Eslatib o‘tamiz, shu haftalarda "Dostuk" (O‘zbekistonda "Do‘stlik") nazorat-o‘tkazish punktida ikki tomondan katta navbatlar hosil bo‘lgandi.

O‘tgan yilda Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida aloqalar sezilarli faollashdi. 2017-yilda ikki davlat prezidentlari davlat tashrif amalga oshirilgandi. Ularda ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qator kelishuvlarga erishilgandi. Qirg‘iziston davlat chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda ikki davlat chegarasidagi nazoratdan o‘tish punkti orqali bir sutkada oddiy o‘tishda 7 ming bo‘lgan quvvatda 12 mingacha fuqarolar o‘tmoqda.

Yangiliklar lentasi
0