"Do‘stlik" nazorat-o‘tish punktidagi tirbandliklarga barham beriladi

© VYACHESLAV OSELEDKO / AFPLyudi proxodat KPP na granitse Uzbekistana i Kirgizstana
Lyudi proxodat KPP na granitse Uzbekistana i Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Isakov bosh vazir o‘rinbosariga vaziyat bilan tanishish uchun respublika janubiga borishni topshirdi

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov hukumatga O‘zbekiston bilan chegaradagi nazorat-o‘tish punktidagi tirbandliklarga barham berish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Isakov respublika bosh vaziri o‘rinbosari Dair Kenekeyev bilan uchrashuvda odamlar oqimining keskin oshganligi bois nazorat-o‘tish punktida vaziyatni tartibga solish kerakligini ta’kidladi.

Kenekeyev hukumat rahbariga vaziyatni hal qilish uchun ko‘rilgan choralar haqida hisobot berdi. Uning ma’lum qilishicha, "Do‘stlik" nazorat-o‘tish punktining o‘tkazish salohiyati 1,7 baravarga oshirilgan va hozirda sutkasiga 7 mingdan ortiq kishi o‘tishi mumkin. Pasport nazorati uchun qo‘shimcha to‘rtta kabina o‘rnatilmoqda.

"Jamoat tartibi saqlanishiga, nazorat punktida va davlat chegarasidan o‘tayotganda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashga e’tibor qaratish zarur", — dedi bosh vazir.

Isakov bosh vazir o‘rinbosariga vaziyat bilan tanishish uchun respublika janubiga borish bo‘yicha topshiriq berdi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi "Do‘stlik" chegara o‘tkazuv punkti 2017-yil 6-sentabr kuni ochilgandi. ikki davlat fuqarolarining tijorat faoliyati keskin o‘sgani bois keyingi vaqtda "Do‘stlik" nazorat-o‘tkazish punktida chegaradan o‘tuvchilar oqimi oshgan. 

Yangiliklar lentasi
0