O‘zbekiston va Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirliklari o‘zaro hamkorlikni boshladi

© MVDPervoe zasedanie mejvedomstvennoy Koordinatsionnoy rabochey gruppi mejdu MVD Respubliki Uzbekistan i MVD Kirgizskoy Respubliki
Pervoe zasedanie mejvedomstvennoy Koordinatsionnoy rabochey gruppi mejdu MVD Respubliki Uzbekistan i MVD Kirgizskoy Respubliki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu hamkorlik haqida ikki respublika vakillari orasida Toshkentda qo‘shma bayonnoma imzolandi.

TOShKENT, 4 mar – Sputnik. Toshkentda 2-mart kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston respublikalari Ichki Ishlar vazirliklari orasida Idoralararo muvofiqlashtirish ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.

Yig‘ilishda Ichki ishlar vazirliklari orasida umumjinoiy harakatlarga qarshi kurashish va qidiruv faoliyatida hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Undan tashqari, har ikki tomon terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migratsiya bo‘yicha ma’lumot almashinuvi borasidagi faoliyatining hozirgi kundagi holati va kelgusidagi istiqboli, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘llari muhokama etildi.

Sotrudniki MVD Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV xorijlik hamkasblari bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda

Shuningdek, ishtirokchilar ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va belgilangan sohalarda tajriba almashish masalalari borasida fikrlashdilar.

Tadbir yakuniga ko‘ra, 2018-2019 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Qirg‘iziston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Protokol, shuningdek, yig‘ilish Bayonnomasi imzolandi.

Ta’kidlash kerak-ki, ushbu uchrashuv O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlarining 2017 yil  13 dekabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan muloqotining mantiqiy davomi bo‘ldi. O‘zbekiston IIV tomonidan tadbirni vazirning birinchi o‘rinbosari, general-mayor D.Nazarmuhamedov, qirg‘izistonlik hamkasblar tomonidan – vazir o‘rinbosari, militsiya general-mayori D.Abdikarov boshqardi.

© MVDPervoe zasedanie mejvedomstvennoy Koordinatsionnoy rabochey gruppi mejdu MVD Respubliki Uzbekistan i MVD Kirgizskoy Respubliki
Pervoe zasedanie mejvedomstvennoy Koordinatsionnoy rabochey gruppi mejdu MVD Respubliki Uzbekistan i MVD Kirgizskoy Respubliki - Sputnik O‘zbekiston
Pervoe zasedanie mejvedomstvennoy Koordinatsionnoy rabochey gruppi mejdu MVD Respubliki Uzbekistan i MVD Kirgizskoy Respubliki

 

Yangiliklar lentasi
0