Muxlisa Azizova "Chayon" trilleri va ijod yo‘li haqida

© SputnikMuxlisa Azizova
Muxlisa Azizova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muxlisa Azizova mamlakat kinematografiya tarixiga o‘z nomini yozdirishga ulgurdi - o‘tgan yili u O‘zbekiston tarixida ilk bor afsonaviy Kann kinofestivalida o‘z filmi bilan qatnashdi

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Toshkentda mart oyida Muxlisa Azizova rejissorligidagi "Chayon" (Scorpion) filmini suratga olish ishlari boshlandi.

Hozirda barcha kino ixlosmandlari ushbu yirik miqyosli loyiha nima haqida ekanligiga qiziqishmoqda. Mualliflar hozircha bu borada barcha tafsilotlarni oshkor qilishmayapti, lekin rejissor Sputnik muxbiri bilan suhbatda ayrim narsalarni aytib berdi.

Videooperator - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda xorijlik kinoijodkorlar ishtirokida triller suratga olinadi

Muxlisa Azizova mamlakat kinematografiya tarixiga o‘z nomini yozdirishga ulgurdi — o‘tgan yili u O‘zbekiston tarixida ilk bor afsonaviy Kann kinofestivalida o‘z filmi bilan qatnashdi. Iste’dodli rejissor "Yevraziya" kinofestivalida ham ishtirok etgan.

Darvoqe, "Chayon" filmini ham 71-Kann kinofestivali doirasida tashkil etiladigan O‘zbekiston pavilonida taqdim etish rejalashtirilgan.

Muxlisa O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining ikkinchi kursida tahsil oladi. U oilada oltinchi, kenja farzand.

Biz u bilan "Chayon" trilleri suratga olinishi boshlangan Toshkentdagi yoshlar ijod saroyida uchrashdik.

Film O‘zbekistondan tashqari, Rossiya va Marokashda ham suratga olinadi. Loyiha O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, "O‘zbekkino" Milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy teleradiokompaniya va Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

- Filmni suratga olish g‘oyasi qanday paydo bo‘ldi, u nima haqida?

- Biz o‘tgan yili "Yevraziya" xalqaro kinofestivalidagi pitchingda ushbu film bilan qatnashgandik. Loyiha ma’qul keldi. Bungacha men uni qator mamlakatlarda ko‘rsatgandim. Ostonadan qaytar ekanman, filmni bu yil suratga olishimni aniq bilardim.

Krasnaya dorojka Kannskogo kinofestivalya: potselui, naradi i Vudi Allen - Sputnik O‘zbekiston
Kann kinofestivalida ilk bor O‘zbekiston paviloni tashkil etiladi

Mavzu bo‘lganida uni o‘rganish kerak va sujet paydo bo‘ladi. Menga odamlar bilan suhbatlashish qiziq, ular ijodning tuganmas manbaidir.

Men ushbu film orqali biz ko‘pincha omadsizliklarimiz, hayot qiyinchiliklari, xatolarimizda atrofimizdagilarni ayblashimizni ko‘rsatmoqchiman. Men inson avvalo o‘ziga bir boqishi kerak deb hisoblayman. Odamlar o‘z omadsizliklarida aybni qiyin o‘tgan bolaligi, ota-onasi va oilasiga ag‘darishadi. Lekin aslida bunday emas. Har bir kishining o‘z ichki kuchi bor. Va film ana shu kuch qanday namoyon bo‘lishi haqida hikoya qiladi.

- Sujeti haqida gapirib bera olasizmi? 

- Judayam qiziq sujetga ega, biroq hozir uni batafsil ayta olmayman. Film ustida ish endigina boshlandi. Filmda Ra’no Shodiyeva, Farhod Mahmudov va boshqalar suratga tushishmoqda.

Faqat shuni aytishim mumkinki, sujet asosida aka-ukalar tarixi yotadi va filmdagi barcha voqealar ular bilan bog‘liq. Aka rolini Farhod Mahmudov ijro etadi, uka rolini o‘ynayotgan aktorni esa hozircha ayta olmayman. Marketing kampaniyasi ketmoqda.

Ukani o‘ynayotgan aktorning roli juda murakkab. U ikki oydan beri o‘z ustida ishlamoqda, tashqi ko‘rinishi o‘zgardi, harbiylarimiz bilan tayyorgarlik o‘tamoqda. Ular uni haqiqy sharoitlarda tayyorlashmoqda. Kundalik jismoniy mashg‘ulotlar ta’sirini ko‘rsatdi. Aktorning turmush o‘rtog‘i menga uning tashqi ko‘rinishi, hattoki ovozi ham ancha o‘zgarganini aytdi.

Filmni suratga olishga Moskvadan professional kaskador va pirotexniklar taklif etilgan. Toshkentdagi suratga olish ishlarini yakunlagach, Buxoroga truklarni suratga olish uchun boramiz.

- Filmda otishma va portlashlar ko‘p bo‘ladimi?

— Filmda otishmalar bo‘ladi, mashinalar portlatiladi. Lekin u shunday sahnalar bilan to‘lib-toshmagan. Hammasi muhitni ifoda etish uchun bajariladi. Men psixologik triller suratga olyapman. Giyohvandlik moddalari, terrorizm haqida hech qanday gap bormaydi. Film ko‘proq odamlarning kechinmalari haqida.

Operator i assistent na syemochnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston
Kann festivali sovrindori O‘zbekiston haqida badiiy film ishlaydi

Ko‘pchilik mendan jangari film suratga olyapsizmi, deb so‘raydi. Ishontirib aytamanki, bu ayol rejissorning ishi, u sof jangari yoki olishuv filmi emas.

- Siz otishmalar sahnasi bo‘lgan "Geolog: o‘limdan ham kuchli" filmida ishtirok etgansiz.

— Bu filmda produser va g‘oya hammuallifi sifatida qatnashganman. Bu ekshn unsurlari qo‘shilgan biografik film. Ha, filmda otishmalar bo‘ladi, lekin u inson tarixi haqida. Dmitriy Dujev ishtirok etgan "U" qisqa metrajli filmi ham shunday mavzuda.

- Dujev bilan ishlash qanday kechdi?

— Qoyilmaqom"! Tasavvur qiling, u talaba qizning filmida suratga tushish uchun Toshkentga keldi. Ammo maydonchada u professional aktorligini bajardi va gaplarimga quloq soldi. Bu men uchun juda muhim.

- Maydonchada hamma ham gapingizga kiravermaydimi?

— Yo‘q, gap bunda emas. Munosabatda. Birinchidan, men ayol kishiman. Ikkinchidan, yoshman.

O‘zbekistonda ayol rejissorlar deyarli yo‘q. Esimda, Toshkentdagi tadbirlardan birida bir rejissor "Bunday filmni ayol kishi ololmaydi!" deganida xafa bo‘lgandim.

Rejissorlik negadir erkaklar kasbi deb hisoblaniladi, ayniqsa bizda. Lekin men kimgadir nimanidir isbotlash uchun emas, bu kaksbni sevganim uchun ishlayapman.

Kino — mening hayotim, o‘zimni usiz tasavvur qilolmayman. Butun boshli 24 soat vaqtim kino bilan o‘tadi. Hattoki uyga kelib ham nimalardir haqida bosh qotiraman, tahlil qilaman, so‘ngra yozishga o‘tiraman va har kunim shunday o‘tadi.

- "Chayon" filmida Ra’no Shodiyeva suratga tushmoqda. U sizning ikkinchi filmingizda suratga tushadi, bundan tashqari, u sizning institutdagi o‘qituvchingiz. Unga ssenariyni o‘qish uchun berganingizda nima dedi?

— U messenjer orqali bu judayam zo‘r loyiha ekanligi haqida yozdi. U butunlay yangi ampluada rol ijro etadi. U ekspert-profayler rolini o‘ynaydi. Aqlli, odamlarning yuz ifodasi va qo‘l harakatlari orqali uning rost yoki yolg‘on gapirayotganini aniqlaydigan yuqori malakali mutaxassis rolini ijro etadi.

- Film qaysi tilda suratga olinadi?

— Film rus tilida suratga olinadi, ammo maydonchada o‘zbek, rus, ingliz tillari yangaydi. Masalan, operatorimiz Maks Tsui Germaniyadan, lekin u bilan ingliz tilida gaplashamiz. Loyihada shuningdek amerikalik taniqli ssenariynavis Bob Andervud qatnashmoqda.

- Uni loyihaga qanday qilib jalb etdingiz?

— Menda film g‘oyasi ikki yil avval paydo bo‘lgandi. O‘shanda Berlindagi pitchingda qatnashayotib bu g‘oya haqida so‘zlab bergandim. So‘ngra Bob bilan Kannda uchrashdik. U O‘zbekistonga kelishga, ssenariy yozishga rozi bo‘ldi.

Krasnaya dorojka Kannskogo kinofestivalya: potselui, naradi i Vudi Allen - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik talaba suratga olgan film Kann kinofestivalida namoyish etiladi

U yurtimiz haqida umuman tasavvurga ega bo‘lmagani bois bir chamadon suv filtri bilan kelgan ekan. Yurtimiz bilan tanishgach, barcha xavotirlari yo‘qoldi. Hozir Bobdan O‘zbekiston haqida so‘rasangiz, ko‘plab narsalarni aytib beradi. Unga ayniqsa Chorvoq judayam yoqdi, film ssenariysini mana shu mo‘’jaz maskanda yozdik.

- Muxlisa, kino olishni bolaligingizdan orzu qilganmisiz? Kino sanoatiga qanday kirib kelgansiz?

— Buning tarixi uzun, lekin qiziqarli. Kinoni bolaligimdan yaxshi ko‘raman, lekin kitob o‘qish undan ham ko‘proq yoqadi.

Bolaligimda juda ko‘p kitob o‘qirdim, xayol surardim, kitobdagi sujetni xayolan ijro etar, o‘zim ham sujetlar yaratardim. Menda kitobga mehrni onam uyg‘otgan, u kitob o‘qishni sevadi. Lekin ota-onam kinoga qarshi bo‘lishgan. Chunki u murakkab va og‘ir mashg‘ulot, har bir ota-ona esa farzandining xotirjam va baxtli yashashini istaydi.

Maktabni bitirib Toshkentdagi tibbiyot kollejiga o‘qishga kirdim, ota-onam buni judayam xohlashgandi. Ularning aytganini qilib ambulatoriya shifokorligiga o‘qidim. Kollejni bitirishim bilanoq fotograflik qildim, so‘ngra videoroliklar montaji bilan shug‘ullandim.

Press-konferensiya s uchastiyem akterov filma Razborka v Manile - Sputnik O‘zbekiston
Akter Dmitriy Dujev filmida suratga tushish uchun Toshkentga keldi

Maktabda o‘qib yurgan paytlarimdayoq suratga olishga qiziqardim. Onam menga fotoapparat sovg‘a qilgandi. Ammo men tabiatni emas, odamlarni suratga olardim. Onam suratda kimningdir peshonasi yoki qisilgan ko‘zlarini ko‘rib dahshatga tushardi. Lekin men hissiyotlarni o‘rganardim. Hammasi ana shundan boshlangan. Shuning uchun menga inson, uning kechinmalari qiziq.

Vaqt o‘tishi bilan operatorlar, keyinroq Oybek Abdushukurov bilan tanishdim. U bilan juda ko‘p ishlaganmiz. Xususiy studiyalarda kliplarni montaj qilganmiz. Gazeta va jurnallarga fotoreportajlar ham tayyorlaganman. Shunday qilib hayotimdagi asosiy maqsadim — kino suratga olishga yetib keldim.

Ijodiy faoliyatim yanada qiziqarli bo‘lishiga umid qilaman.

Yangiliklar lentasi
0