Muqobili yoʻq: Xorazmda uch xorijiy tilni biladigan otliq posbonlar ish olib bormoqda

© Commons.wikimedia / PatrickringgenbergZapovednik "Ichan Kala" . Gorod Xivы
Zapovednik Ichan Kala . Gorod Xivы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Xavfsiz turizmni taʼminlash boʻyicha maxsus otliq posbonlar Ichan-Qalʼa atrofida aylanib yurishadi

TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. Xorazm viloyatida Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi tomonidan tajriba tariqasida otliq posbonlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, ayni vaqtda jamoat tartibini saqlash va jamoat tartibini taʼminlash maqsadida "Ezgulik patruli" guruhlari faoliyati ham oʻz ishini boshladi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Xorazm viloyati hokimligining turizm masalalari boʻyicha shugʻullanuvchi mutasaddi xodimi.

Zapovednik Ichan Kala . Gorod Xivы - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Mirziyoyev Xiva va Xorazmga keladigan turistlar sonini 2 baravarga oshirmoqchi
 Xiva shahrining "Ichan qalʼa" majmuasi, Urganch temir yoʻl vokzali va xalqaro aeroporti atrofida xizmat qilayotgan "Ezgulik patruli" yosh yigit-qizlardan iborat boʻlib, ular zamonaviy aloqa vositalari va xizmat anjomlari bilan taʼminlangan.

Xususan, patrulda xizmat qiluvchi qizlar tibbiy malakaga ega boʻlib, maxsus aptechka bilan taʼminlangan. Ular jamoat joylarida oʻzini yomon his qilib qolgan fuqarolarga tez tibbiy yordam koʻrsatishlari aytilmoqda.

"Ezgulik patruli" xizmati yigitlari esa maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan sportchilar, dedi suhbatdosh.

Ular qoʻl-kishani bilan taʼminlangan va biror huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, darhol chora koʻrish huquqiga ega. Shuningdek, ezgulik patruli xizmati xodimlari keksa kishilarga ogʻir sumkalarini koʻtarishda yordam berish singari ezgu amallarni ham bajarishlari aytilmoqda.

Xavfsiz turizmni taʼminlash boʻyicha maxsus otliq  xodimlar esa Ichan-Qalʼa atrofida aylanib yurishadi.

Jamiyat
Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarining turistik saytlari ishga tushdi
"Ular nemis, rus va ingliz tillarini mukammal bilishadi", — qoʻshimcha qildi suhbatdosh.

Shuningdek, sayyohlarga yoʻnalish koʻrsatish, ularni tarixiy obidalar bilan tanishtirish, mehmonxonalar manzillarini koʻrsatish singari vazifalarni ham bajaradilar.

Viloyatda yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha nazorat mototsiklli posbonlar tomonidan amalga oshiriladi.

"Xorazmda joriy etilgan ushbu yangi tizim sayyohlar va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash uchun xorijiy mamlakatlarda yoʻlga qoʻyilgan tizimdan mutlaqo farq qiladi va keyinchalik bu xizmat turlarini viloyatning odamlar gavjum boʻladigan hududlarida ham joriy etish koʻzda tutilgan", deb suhbatga yakun yasadi suhbatdosh.

Eslatib oʻtamiz, yanvar oyi boshida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari IIB qoshida xavfsiz turizmni taʼminlash boʻyicha boshqarmalari tuzilgani haqida xabar bergan edi. Ushbu boshqarmalar boshliqlari viloyat IIB boshliq oʻrinbosarlari hisoblanib, u yerda xorijiy tillarni biluvchi xodimlar faoliyat yuritishi aytilgandi.

Yangiliklar lentasi
0