Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarining turistik saytlari ishga tushdi

Obuna bo‘lish
Ularda Xorazm va Qashqadaryo viloyatlariga bag‘ishlangan foto va videolavhalar, ma’lumotlar, mehmonlar uchun ma’lumotlar joylashtirilgan

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda visitkhorezm.uz va visitkashkadarya.uz saytlarini ishga tushirdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Turizm - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda turizmga bag‘ishlangan gazetaning ilk soni nashr qilindi

Ushbu saytlar turistlar va turistik kompaniyalar uchun mo‘ljallangan. Ularda Xorazm va Qashqadaryo viloyatlariga bag‘ishlangan foto va videolavhalar, ma’lumotlar, mehmonlar uchun ma’lumotlar joylashtirilgan.

Sayt tashrif buyuruvchilari "Panorama" rukni ostida mazkur viloyatlardagi eng diqqatga sazovor maskanlarning panoramali (360 darajali) fotosuratlarini tomosha qilishlari mumkin.

Bundan tashqari, "Turistlarning o‘zini tutish qoidalari", "Tavsiyalar", "So‘zlashgich", "Sog‘lik va xavfsizlik", "Madaniyat, "Milliy taomlar", "Milliy bayramlar" kabi ruknlar ham sayt mehmonlarini befarq qoldirmaydi.

Yangiliklar lentasi
0