Mirziyoyev Xiva va Xorazmga keladigan turistlar sonini 2 baravarga oshirmoqchi

© Commons.wikimedia / PatrickringgenbergZapovednik "Ichan Kala" . Gorod Xivi
Zapovednik Ichan Kala . Gorod Xivi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Xiva shahri va Xorazm viloyatining turistik salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturini imzoladi

TOShKENT, 6-may — Sputnik. Hujjat Xiva shahri va Xorazm viloyatining turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish va yanada rivojlantirish maqsadida qabul qilindi, deb xabar beriladi davlat rahbarining matbuot xizmati tomonidan.

Moskovskaya mejdunarodnaya vistavka Mitt Puteshastviya i turizm - Sputnik O‘zbekiston
Sobiq elchi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Natijada 2017-2021 yillar davomida turistik xizmatlar eksporti hajmi 2,3 baravarga, tashrif buyuradigan turistlar soni esa 2,1 baravarga oshadi. Viloyatning zamonaviy turistik infratuzilmasini rivojlantirish tezlashtiriladi, ko‘rsatiladigan turistik, mehmonxona va transport xizmatlari sifati yaxshilanadi. Turistik soha bo‘yicha kadrlar tayyorlash tubdan yaxshilanib, yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Viloyatda respublikaning asosiy turistik markazlari bilan bog‘lovchi temir yo‘l liniyasi qurilishi, charter reyslarini tashkil etish va Yevropa, Osiyo, MDH davlatlaridan bo‘ladigan muntazam aviaqatnovlar sonini oshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Urganch-Xiva yo‘nalishida turistlar uchun yuqori darajadagi qulaylikka ega bo‘lgan avtobuslarda tashkiliy qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, Xorazm viloyatining turistik salohiyatini oshirish va insoniyatning eng qadimiy tarixiy-madaniy yodgorliklaridan biri bo‘lgan Xiva shahri brendini tanitish maqsadida MDH, xorijning yetakchi kanallari, ommaviy ijtimoiy tarmoqlar, internet tarmog‘ida keng reklama kampaniyasi o‘tkaziladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0