Toshkent bozorlarida rakni keltirib chiqaruvchi o‘yinchoqlar sotilmoqda - O‘zstandart

© Stringerbazar
bazar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent bozorlarida sotilayotgan o‘yinchoqlarda saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi modda - formaldegid miqdori o‘n baravar yuqoriligi aniqlandi

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. "O‘zstandart" agentligi Toshkent bozorlarida saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi o‘yinchoqlar sotilayotgani haqida xabar berdi.

Toshkentdagi Kadisheva bozori - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bozorlarini Xitoyning sifatsiz mahsulotlari bosgan - "O‘zstandart"
Agentlik O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi "O‘rikzor" bozorida sotilayotgan bolalar o‘yinchoqlarini belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida bolalar o‘yinchoqlari xaridini amalga oshirgan.

Natijada, bolalar shaqildog‘i, chiyiloq koptok, qo‘g‘irchoqlar to‘plami, qurol aslahalar to‘plami, yonib turuvchi polimerdan "tipratikan"da rak (saraton) kasalligini keltirib chiqaruvchi modda — formaldegid miqdori o‘n baravar yuqoriligi aniqlangan.

"Amaldagi tartibga ko‘ra, bolalar o‘yinchoqlarida formaldegid miqdori 0,003 mg/m3 bo‘lishi kerak. Ammo O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot sanitariya birlashmasi sanitariya-epidemiologiya stansiyasi sinov laboratoriyasining sinov natijalariga ko‘ra, yuqoridagi o‘yinchoqlarda formaldegid miqdori bu ko‘rsatkichdan o‘n baravar yuqoriligi aniqlandi", — deb ta’kidlangan xabarda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Saraton kasalligini o‘rganish agentligi xabariga ko‘ra, formaldegid inson organizmida saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi asosiy omil hisoblanadi.

Formaldegidning bola organizmida to‘planishi yo‘talish, gijjalar, bronxial astma kabi kasallikni jadal rivojlanishiga olib keladi. Bundan tashqari, rang o‘zgarishi, toliqish, nafas qisish, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, hattoki, ongining zaiflashishiga sabab bo‘ladi.

mahsulot sifatini tekshirish - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zstandart" ogohlantiradi: xavfli sifatsiz mahsulotlar
"O‘zstandart" agentligi o‘yinchoqlarni xarid qilish chog‘ida nimalarga e’tibor qaratish zarurligi haqida ham eslatgan.

— O‘yinchoqning buzilmagan qadoqda bo‘lishi;

— Qadoq yorlig‘idagi ma’lumotlar davlat tilida, foydalanish tavsiyalari ko‘rsatilgan holda, qanday ashyolardan tayyorlanganligi (plastmassa, rezina, yog‘och va h.k) va majburiy tarzda ishlab chiqaruvchi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lishi shart.

— O‘yinchoqlardagi kuchli hid va bo‘yoqlarni qo‘lga yuqishi ota-onalarni hushorlikka chaqirishi lozim. Bu holatda ishlab chiqaruvchilar tomonidan xavfsiz bo‘lmagan bo‘yoqlar ishlatilgan bo‘lishi va texnologik jarayon buzilgan bo‘lishi ham mumkinligini anglatadi. Sifati shubhali o‘yinchoqlar bolalarning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0