TOSHKENT, 21 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda "Coca-Cola" kompaniyasi shu yilda 2 mingdan ortiq muzlatgich sotib olishni rejalashtirdi, deb xabar qildi Sputnik.
Bu haqda agentlikka kompaniya bosh direktori Faxriddin Normatov maʼlum qildi.
"Shu yilda investitsiyalarni koʻpaytirishni rejalashtirganmiz. Xususan ularni bir qismi muzlatgich sotib olish uchun koʻzda tutilgan. 2018 yilda 2 mingdan ortiq muzlatgich sotib olishni rejalashtirdik. Bu borada mahalliy ishlab chiqaruvchisi — "Artel" kompaniyasi hamkorlik qilamiz", — deb taʼkidladi "Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd" rahbari.
Uning soʻzlariga koʻra, kompaniya birinchi yarim yillikda ming dona muzlatgich sotib oladi. Muzlatgichlar respublika boʻylab barcha savdo joylarda oʻrnatiladi.
Shuningdek, Coca-Cola zavodi oʻz mahsulotlarini sotish tizimini takomillashtiradi. Bu borada kompaniya doimiy ish olib boradi: savdo boʻyicha vakillar va boshqaruvchilar uchun oʻquv mashgʻulotlar oʻtkazib kelinadi.
Normatov shu yil yoz faslida ichimlik tanqisligi boʻlmasligini taʼkidlab oʻtdi. Bugungi kunda respublikada kompaniya ishlab chiqaruvchi quvvati mahalliy bozorda isteʼmolchilarning ehtiyojini qondirishga yetarli darajada imkoniyat mavjud. Kompaniyaning asosiy mahsulotlari — Coca-Cola, Bonaqua, Fanta, Sprite.
Eslatib oʻtamiz, bu ichimlik tanqisligi bilan bogʻliq holatlar yozning jazirama kunlarida tez-tez boʻlib turgan. Voqea shu darajaga borib yetgan vaqtlar ham boʻlganki, maʼlum cheklovlar kiritib, bir kishiga bittadan ortiq ichimlik sotmagan vaqtlar ham boʻlgan. Olibsotarlar esa ichimlik narxi ikki baravar va undan yuqori narxlarda sotishgan.
Oʻzbekistonda Coca-Cola birinchi zavodi Toshkentda 1994 yilda qurilgan, 1997 yilda Urganch va Namanganda kompaniya korxonalari ochildi.