Alkogol 7 turdagi rakning sababchisidir - Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti

© Sputnik/Sergey MelkonovAlkogol mahsulotlari
Alkogol mahsulotlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ta’kidiga ko‘ra, agar ayol kishi bir kunda 4 bokal vino ichsa, uning ko‘krak saratoni dardiga chalinishi xavfi 50%ga, agar bokallar miqdori 8tani tashkil qilsa bu xavf 130%ga oshadi

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 4-fevralda nishonlanadigan saraton kasalligiga qarshi kurash kuni munosabati bilan alkogol va bir qator onkologik kasalliklar o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘g‘risida ogohlantirishni e’lon qildi.

Xospis - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda saratonga chalingan bemorlar uchun xospislar quriladi
BSST da ta’kidlanishicha, olimlar alkogol rakning kamida 7 turini keltirib chiqarishini aniqlagan. Bular: qalin va ingichka ichak saratoni, sut bezi saratoni, oshqozon, kekirdak, jigar, og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq saratonidir.

BSSTning aniqlik kiritishicha, alkogoldagi asosiy kanserogen(rakni keltirib chiqaruvchi omil) bu etanol moddasi bo‘lib, u organizmdagi hujayralarni yaralaydi va saraton bezi paydo bo‘lishi xavfini oshiradi.

Alkogol va tamaki mahsulotlarining bir vaqtning o‘zida iste’mol qilinishi onkologik kasalliklarga chalinish xavfini bir necha marotabaga oshiradi, deb qayd etadi BSST.

Tashkilot shuningdek, rak kelib chiqishi sababini iste’mol qilingan spirtli ichimlik miqdori bilan bog‘lashgan. Xususan, Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ta’kidiga ko‘ra, agar ayol kishi bir kunda 4 bokal vino ichsa, uning ko‘krak saratoni dardiga chalinishi xavfi 50%ga, agar bokallar miqdori 8tani tashkil qilsa bu xavf 130%ga oshadi.

Yangiliklar lentasi
0