TOShKENT, 4-avgust — Sputnik. Joriy yil 3-avgust kuni O‘zbekistonda RC Cola ichimligini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qildi Podrobno.uz.
RC Cola ichimligi Royal Crown Cola nomi bilan ham dunyoga mashhurdir.
Ushbu gazlangan ichimlik 1905-yilda amerikalik farmatsevti Klaud Xet-cher atomonidan ihtiro qilingan.
Bugungi kunda Royal Crown Cola International tomonidan ishlab chiqariladigan RC Cola ichimligi dunyoning 55 ta mamlakatida iste’mol qilinadi. Kompaniya tarkibida 100 dan ortiq zavod faoliyat ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda RC Cola ichimligi "Family Group" MChJ QQ tomonidan ishlab chiqariladi. Buning uchun zavod eng zamonaviy va xalqaro standartlarga javob beradigan jihozlar bilan ta’minlangan.
Ichimlik hom ashyosi to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQShning Jorjiya shtatidan olib kelinadi va sifati qattiq nazorat qilinadi.
"Family Group" korxonasi zavodida 200 ta yangi ish o‘rinlar ochildi.