Andijonlik yigit tergovdan so‘ng o‘z joniga qasd qildimi? IIV rasmiy munosabat bildirdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishSledstvenniy izolyator
Sledstvenniy izolyator - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq chet el OAVlarida va ijtimoiy tarmoqlarda andijonlik 23 yashar yigit militsiya so‘rog‘idan keyin o‘z joniga qasd qilishga urindi, mazmunida abarlar tarqab ketgan edi

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot-xizmati tergovda o‘tkazilgan tayziq tufayli o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan yigit haqida tarqalib ketgan xabar o‘rganilganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq chet el OAVlarida va ijtimoiy tarmoqlarda andijonlik 23 yashar yigit — Abduraxim Sattarov militsiya so‘rog‘idan keyin o‘z joniga qasd qilishga urindi, mazmunida abarlar tarqab ketgan edi.

Palomniki v Mekke - Sputnik O‘zbekiston
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita "Haj-2018" mavsumi narxi borasida izoh berdi
Maqolada keltirilgan holatlar Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rganilganda, fuqaro Ismoiljon Baltabayev o‘z arizasida 2017-yilning fevral oyida "Haj"ga borishi yuzasidan yordam berish uchun Abduraxim Sattarovga 1700 AQSh dollari, 11 mln. so‘m pullari va fuqarolik pasportini berganligini, lekin Sattarov turli bahonalar bilan ziyoratga jo‘natishga yordam bermasdan, pullarini ham qaytarmaganligini bayon qilingan.

Shuningdek, 2018-yilning 22-yanvar kuni soat 18:25da fuqaro Abduraxim Sattarov tergov bo‘limiga chaqirtirilib, u bilan suhbat o‘tkazilgani qo‘shimcha qilingan. Sattarov Baltabayevdan 1700 AQSh dollari, 11 mln. so‘m pullarini qarzga olganligini va pullarni qaytarish uchun Qozog‘iston Respublikasiga borib ishlab kelganligini bildirib, Ismoiljon Baltabayevning fuqarolik pasportini tergov bo‘limi surishtiruvchisi G‘.Ismonovga qaytarib bergan.

Qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro Abduraxim Sattarovning fuqarolik pasportida 2017-yilning oktabr-noyabr oylarida Qozog‘iston Respublikasiga chiqib kelganligi haqida qozoq tilida yozilgan muhr bosilgani aniqlangan. Muhrning haqiqiyligini tekshirish maqsadida, Abduraxim Sattarovning fuqarolik pasporti tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan va shu kuni soat 18.45da Andijon shahar IIB binosidan chiqarib yuborilgan.

Prosmotr sujeta pro zaderjanie jitelya Samarkandda, kotoriy otpravlyalsya v xadj i pitalsya provezti opiy - Sputnik O‘zbekiston
Haj ziyoratiga qoradori va xorijiy valyuta olib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

2018 yilning 23-yanvar kuni soat 04.00da Andijon viloyati tez tibbiy yordam shifoxonasidan Andijon shahar IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga asosan, Abduraxim Sattarov yashash xonadonida ko‘p miqdorda "Dimidrol" tabletkalarini ichib olganligi va hushsiz holda oila a’zolari tomonidan shifoxonaga olib borilgani ma’lum bo‘lgan.

Ayni vaqtda fuqaro Abduraxim Sattarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0