Imtihonsiz nostrifikatsiya: mingta eng yaxshi oliy o‘quv yurtlarini tamomlaganlar uchun

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishXIX Vsemirniy festival molodeji i studentov. Den patiy
XIX Vsemirniy festival molodeji i studentov. Den patiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatiga kiritilgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun nostrifikatsiyalash to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiriladi

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida nizomning yangi tahriri loyihasi joylashtirildi.

Ekzamen. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda diplomni nostrifikatsiya qilish bo‘yicha onlayn xizmat joriy etildi

Eslatib o‘tamiz, hujjatlarni tan olish deganda soddalashtirilgan tamoyil tushuniladi, unda xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar O‘zbekistonda muayan xalqaro shartnomaga asosan tan olinadi. Nostirifikatsiyalashdan farqli o‘laroq, tan olish ekvivalentlik ekspertizasi o‘tkazilmasdan va maxsus sinovlarsiz amalga oshiriladi.

Xorijiy maktablarni tugatganlar — litsey o‘quvchilariga tenglashtirilmaydi

Xorijiy davlatlarning o‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarini tan olish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari huzurida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Hozir buni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi amalga oshiradi.

Studenti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya to‘laydi: o‘zbekistonliklardan oliygohlarga hujjat qabul qilish boshlandi

Bunda bitiruvchining 10 va 11-sinflarni tugatganligi to‘g‘risidagi hujjati, tegishincha akademik litseyning 1 va 2-kurslari darajasiga, bitiruvchining 12 va undan yuqori sinflarni tugallaganligi to‘g‘risidagi hujjati esa — o‘rta maxsus ta’limga tenglashtiriladigan normalar chiqarib tashlanadi. Shu tariqa, xorijiy maktablarni tugatgan shaxslar O‘zbekistondagi akademik litseylarni tugatgan o‘quvchilarga tenglashtirilmaydi.

Nostrifikatsiyalash qachon imtihonlarsiz amalga oshiriladi?

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) quyidagi hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi:

11-sinfni tamomlagan o‘quvchi - Sputnik O‘zbekiston
O‘n birinchi sinfni tamomlaganlarga ham attestat ham diplom topshiriladi
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, O‘zbekiston prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyish va bayonnomalari asosida xorijiy davlatlarda ta’lim olgan;

O‘zbekiston prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan O‘zbekiston hududida faoliyat yuritishiga ruxsat etilgan xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan;

mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar)ga muvofiq tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning yo‘llanmalari asosida ta’lim olgan;

xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatiga kiritilgan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori bilan har yili ro‘yxati tasdiqlanadigan ta’lim muassasalarida ta’lim olgan bitiruvchilarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlari.

Eslatib o‘tamiz, hozir 500 ta eng yaxshi xorijiy ta’lim muassasalari tomonidan berilgan diplomlar sohiblariga shunday huquq berilgan.

Maxsus sinov turi fanlardagi farqlarga bog‘liqdir

Ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat bo‘yicha (masalan, diplom ilovasiga ko‘ra) fanlarning O‘zbekistondagi ta’lim muassasalaridagi fanlar o‘rtasidagi farqi 30 %gacha bo‘lganda, suhbat tariqasidagi maxsus sinov o‘tkazishni belgilash taklif etilmoqda. 31-55 % bo‘lganda test (yozma ish) va suhbat o‘tkaziladi. Farq 56-70 %ni tashkil qilganda, tegishli oliy o‘quv yurtida qayta tayyorlash kurslarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishga to‘g‘ri keladi, keyinchalik esa test (yozma ish) topshiriladi va suhbatdan o‘tiladi.

Qayerda gumanitar ta’lim olganlik muhim emas

Hozir alohida ta’lim yo‘nalishlari (ijtimoiy soha, pedagogika, tarix, huquq) bo‘yicha ekvivalentlikni ekspertizadan o‘tkazishda alohida talablar nazarda tutilgan. Fanlar hajmi, nomi va soatlar miqdori O‘zbekiston davlat ta’limi standartlariga muvofiq namunaviy o‘quv rejasida nazarda tutilganining 55%idan kamni tashkil qilmasligi lozim.

Mazkur cheklovni bekor qilish nazarda tutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0