O‘n birinchi sinfni tamomlaganlarga ham attestat ham diplom topshiriladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tish11-sinfni tamomlagan o‘quvchi
11-sinfni tamomlagan o‘quvchi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maktablarda joriy etilayotgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida kasb-hunar o‘rgangan 11-sinfni yakunlagan o‘quvchilarga yetuklik attestati bilan birga mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish imkonini beradigan davlat namunasidagi hujjat ham taqdim etiladi

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 11-sinfni yakunlagan o‘quvchilarga yetuklik attestati bilan birga mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish imkonini beradigan davlat namunasidagi hujjat ham taqdim etiladi, deb xabar qilindi O‘zbekiston prezidenti rasmiy saytida.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi
"Yangi o‘quv yili boshlanguncha kasb-hunar kollejlarining o‘quv ustaxonalari negizida o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil qilib, ularga yaqin atrofdagi maktablarni biriktirish, kollejlardan uzoqda joylashgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun maktabning o‘z bazasida o‘quv-ishlab chiqarish majmuasi yaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O‘quv-ishlab chiqarish majmualarida chuqurlashtirilgan maxsus tayyorgarlikni talab etmaydigan chilangar, tikuvchi, haydovchi, oshpaz, sartarosh, kashtachi, kulol, qandolatchi, novvoy, duradgor, suvoqchi, bo‘yoqchi kabi jami ellikdan ziyod kasb-hunar o‘rgatiladi. Bu majmualarda kasb egallagan o‘quvchilarga 11-sinfni yakunlaganidan so‘ng yetuklik attestati bilan birga mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish imkonini beradigan davlat namunasidagi hujjat ham taqdim etiladi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, selektor yig‘ilishida yangi o‘quv yili boshlangunga qadar o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini o‘quv jihozlari, kasb-hunar o‘rganish uchun zarur anjom va uskunalar bilan ta’minlash bo‘yicha mas’ul idora va shaxslar belgilandi.

Mahalla faollari, nuroniylar, profilaktika inspektorlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari, tuman, shahar hokimlariga umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, har payshanba ­- profilaktika kunida o‘quvchilarning davomatini o‘rganish va tahlil natijalarini tanqidiy muhokama qilib borish vazifasi topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0