TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Rossiya oliygohlarida federal budjet hisobidan o‘qish uchun O‘zbekiston abituriyentlarining hujjatlarini qabul qilish jarayoni boshlandi.
Arizalar 26-fevraliga qadar Russia.study.ru sayti orqali qabul qilinadi. 26-fevraldan keyin yuborilgan arizalar va hujjatlar ko‘rib chiqilmaydi. Oldin Russia.study ro‘yxatga olinganlar esa o‘quv yilini 2018/19 ga o‘zgartirishlari kerak.
Saytda faqat bir marta ro‘yxatdan o‘tish mumkin, shuning uchun ro‘yxatga olishda shaxsiy kabinet yoki kirish parolini eslab qolish zarur.
Tanlovning birinchi bosqichida onlayn ariza-anketa to‘ldirish va unga kerakli hujjatlarni ilova qilish talab etiladi.
O‘zbekistonga 2018/19 o‘quv yilida kvota bo‘yicha qabul to‘g‘risida ma’lumotlarni shaxsiy kabinet yoki Toshkentdagi Rossiya ilm-fan va madaniyat markazi saytidan bilib olish mumkin.