Ichki ishlar bo‘limlari rahbarlariga mustaqil qaror qabul qilish huquqi berildi

© AP Photo / Umida AkhmedovaUzbekskie militsioneri radom s patrulnoy mashinoy
Uzbekskie militsioneri radom s patrulnoy mashinoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi tashkil etilgan ichki ishlar bo‘limlari zimmasiga sektorlar hududlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun javobgarlik yuklatilgan

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Toshkent shahridagi shahar ichki ishlar bo‘limlari ichki ishlar bo‘limlari sifatida qayta tashkil etiladi, deb ma’lum qilingan prezident tomonidan imzolangan "Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi qarorda.

Uzbekskie militsioneri - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev qarori bilan IIV tizimiga yangi lavozimlar kiritildi
Hujjatga ko‘ra, qayta tashkil etiladigan ichki ishlar bo‘limlari zimmasiga sektorlar hududlarida jamoat tartibi saqlanishi, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishni amalga oshirish uchun javobgarlik yuklatiladi.

Ichki ishlar bo‘limlari rahbarlari quyidagi huquqlarga ega bo‘ladilar:

— biriktirilgan hudud doirasida ichki ishlar bo‘limi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bo‘yicha mustaqil qarorlar qabul qilish; qo‘l ostidagilar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan ta’sirchan choralar ishlab chiqish, biriktirilgan patrul-post xizmati naradlarining kundalik dislokatsiyasini belgilash; biriktirilgan hududdagi tezkor va kriminogen vaziyatni hisobga olgan holda hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda ichki ishlar bo‘limi kuch va vositalarini joylashtirishni amalga oshirish.

Shuningdek, qarorda Toshkent shahridagi tuman ichki ishlar boshqarmalari negizida tumanlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar hududlari doirasida kuch va vositalarni maqsadli taqsimlagan holda ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalarini tashkil etish nazarda tutilgan.

General - mayor Kurbanov, nachalnik GUVD Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent IIBB boshlig‘i o‘zgardi
Muvofiqlashtirish boshqarmalarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

ichki ishlar organlari bo‘linmalari faoliyatini tahlil qilish, rejalashtirish va tashkil etish, sektorlarga bo‘lish tamoyili asosida tuman hududi doirasida real vujudga kelgan tezkor va kriminogen vaziyatni hisobga olgan holda mavjud kuch va vositalarni taqsimlash;

xalq bilan manzilli muloqotni, fuqarolarning eng muhim muammolarini hal etishda har tomonlama ko‘maklashishni, sektorlarga biriktirilgan davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan uzviy hamkorlikni tashkil etish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishi, jamoat tartibi samarali saqlanishi, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va oldi olinishi, sodir etilayotgan jinoyatlarga tezkor choralar ko‘rilishini ta’minlash.

Yangiliklar lentasi
0