TOShKENT, 13 fev — Sputnik. O‘zbekiston FVV sobiq rahbari Rustam Jo‘rayev Toshkent IIBB boshlig‘i etib tayinlandi, deb xabar berdi "Uznyus" nashri.
Mazkur lavozimda Rustam Jo‘rayev O‘zbekiston Mudofaa vaziri o‘rinbosari, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlangan Bahodir Qurbonovning o‘rnini egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Rustam Jo‘rayev FVV rahbari etib 2017-yilning 18-mart sanasida tayinlangan edi.
Avvalroq Jo‘rayev Xorazm viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.