TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Ichki ishlar vazirligida yangi lavozimlar joriy etildi. Bu haqda 14-fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi qarorida aytib o‘tilgan.
Shuningdek, Bosh boshqarma boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — profilaktika inspektorlarining, eng avvalo, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi samarali faoliyatini tashkil etish, ushbu yo‘nalishda barcha sohaviy xizmatlarning o‘zaro muvofiqlashgan hamkorligini ta’minlash uchun javobgar etib belgilangan.
"Muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining maslahatchisi — jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida katta amaliy ish tajribasiga hamda ushbu organlar tizimida obro‘ va hurmatga ega bo‘lgan ichki ishlar organlarining pensionerlari orasidan jamoatchilik asosida jamlanadi va unga to‘lanayotgan pensiyasining 30 foizi miqdorida budjet mablag‘lari hisobidan oylik ustama haq belgilanadi", — deyiladi qaror matnida.