An-148 halokatining dastlabki sababi aytildi

© Mejgosudarstvenniy aviatsionniy komitet / Mediabankka o‘tishMAK opublikoval fotografii bortovix samopissev razbivshegosya v Podmoskovye An-148
MAK opublikoval fotografii bortovix samopissev razbivshegosya v Podmoskovye An-148 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
DAQ ma’lumotiga ko‘ra, fojea sababi samolyot tezligini o‘lchash asboblarining muzlab qolgani bo‘lishi mumkin ekan.

TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Davlatlararo Aviatsiya qo‘mitasi yakshanba kuni Moskva viloyatida sodir bo‘lgan samolyot halokatining dastlabki sababini e’lon qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

DAQ ma’lumotiga ko‘ra, noodatiy holat parvoz boshlanganidan 2,5 daqiqa o‘tganidan so‘ng, samolyot 1300 metr balanlikda, 465-470 km/soat tezlikda harakatlanayotgan vaqtda boshlangan. Aynan shu damda samolyot tezligini aniqlaydigan asosiy va yordamchi ko‘rsatgichlarda tezlik turlicha ko‘rsatila boshlagan.

Aeroport Kurumoch v Samare - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston havo yo‘llari" samolyoti Samarada shoshilinch qo‘nishga majbur bo‘ldi

Dastlab ikkala ko‘rsatgich orasidagi farq 30 km/soat bo‘lgan, keyin esa doimiy ravishda oshib borgan. Uchuvchilar avtopilotni o‘chirib parvozni qo‘l boshqaruviga o‘tkazishgan, lekin noodatiy vaziyat tobora keskinlashishda davom etgan.

Yana 50 soniya o‘tib, balanlik 2000 metr tezlik 540-560 km/soat bo‘lganda parvoz balanligi keskin o‘zgargan, samolyot 0,5-1,5 g. vertikal bosim his qilgan va 30-35 gradusda sho‘ng‘ib qulay boshlagan.

Moskva vaqti bilan soat 14:27 da samolyot yerga kelib  urilgan. Shu damda tezlik o‘lchash asbobi 800 km/soat tezlikni qayd qilgan.

DAQ aytishiga qaraganda parvozning favqulodda yakunlanishiga — tezlik o‘lchovchi aspoblarning muzlab qolishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin ekan. Hozircha aniqlanmagan sabablarga ko‘ra, samolyotda mavjud bo‘lgan tezlik o‘lchash uskunalarining uchchovida ham isitish funksisi o‘chirilgan bo‘lgan.

Video s mesta padeniya passajirskogo samoleta An-148 v Podmoskovye - Sputnik O‘zbekiston
AN-148 halokati joyidan dastlabki video paydo bo‘ldi

Ayn damda vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida mutaxassislar samolyot "qora quti"si ma’lumotlarini o‘rganishda davom etmoqda. Samolyot uchish parametrlarini yozib boradigan qora quti o‘rganib bo‘lingan. Endi navbat uchuvchilar suhbatini yozib olish uskunasiga kelgan.

Shuningdek samolyotning ikkala dvigateli ham o‘rganish maqsadida Jukovskiy shahridagi Gromov nomidagi Uchish ilmiy institutiga yuborildi.

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, parvoz oldidan samolyot nazoratdan o‘tkazilgan va u soz bo‘lgan. Undan tashqari yanvar oyida samolyot "C-chek" tizimi bo‘yicha to‘liq nazoratdan o‘tkazilgan bo‘lgan.

Fojea yuz bergan kuni An-148  Penza-Moskva, Moskva-Saratov, Saratov-Moskva yo‘nalishida parvozlarni amalga oshirgan. Moskvada ekipaji almashganidan samolyot Orsk shahriga yo‘l olgan.

Ayni damda "Saratovskie avialinii" kompaniyasi o‘z parkida mavjud bo‘lgan oltita An-148 samolyotlaridan foydalanishni vaqtincha to‘xtatgan.

Yangiliklar lentasi
0