"O‘zbekiston havo yo‘llari" samolyoti Samarada shoshilinch qo‘nishga majbur bo‘ldi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishAeroport "Kurumoch" v Samare
Aeroport Kurumoch v Samare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir nafar yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashganligi tufayli samolyot Samara aeroportida shoshilinch qo‘ndi

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Bugun, 12-fevral kuni Urgenchdan Sankt-Peterburg shahriga yo‘l olgan "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAKga qarashli samolyoti Samara aeroportida shoshilinch qo‘nishga majbur bo‘ldi, deb xabar qildi RIA Novosti milliy avikompaniya matbuot xizmatiga tayangan holda.

Video s mesta padeniya passajirskogo samoleta An-148 v Podmoskovye - Sputnik O‘zbekiston
AN-148 halokati joyidan dastlabki video paydo bo‘ldi

"HY 637 reys bo‘yicha Urgenchdan Sankt-Peterburg shahriga mahalliy vaqt soat 11:34da uchgan A-320 samolyoti Samara aeroportida shoshilinch qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bir nafar yo‘lovchining yuragi bezovta qilib, mazasi qochib qoldi", — dedi aviakompaniya vakili.

Matbuot xizmati ta’kidlashicha, yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Yo‘lovchining xavfsizligi uchun uni Samara shahrida qoldirish to‘g‘risida qaror qilindi.

Samolyot 143 nafar yo‘lovchi bilan mahalliy vaqt soat 14:48da Sankt-Peterburgga uchib ketdi, deb qo‘shimcha qildi aviakompaniya vakili.

Yangiliklar lentasi
0