Domodedovo aeroportidan uchib chiqqan AN-148 samolyoti parvozning 7-daqiqasida halokatga uchradi.
Samolyot "Saratovskie avialinii" kompaniyasiga qarashli bo‘lgan. Halokat Moskva viloyati, Ramenskoe tumanidagi Argunovo qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan.
Samolyot bortida 71 kishi bo‘lgan: 65 nafar yo‘lovchilar va 6 nafar ekipaj a’zolari.