O‘zbekistonda foto va videosyemkalarni ta’qiqlovchi yangi belgi paydo bo‘ladi

Obuna bo‘lish
O‘z xizmat vazifasini bajarayotgan harbiy xizmatchi yoxud huquqni muhofaza qilish organi xodimlarini qurol-aslahalar, harbiy texnika, shuningdek, IIV, FVV, Mudofaa vazirligi, MXX va Milliy gvardiya bo‘linmalarining tezkor va xizmat-jangovar faoliyatini suratga tushirish ta’kiqlanadi

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. O‘zbekistonda yaqin oylarda jamoat joylari, bino va inshootlarni foto va videosyemka qilish ta’qiqlanishi yoki mavjud cheklovlar haqida ma’lumot beruvchi yagona belgi paydo bo‘ladi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD - Sputnik O‘zbekiston
Chirchiqda foto va video kuzatuv moslamalari ishga tushirildi
Bu Vazirlar mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi hududida jamoat joylari, bino va inshootlarni foto va videosyemka qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash" loyihasida ko‘zda tutilgan.

Hujjatga muvofiq, har qanday fuqarolar ta’qiq yoki cheklov belgisi qo‘yilmagan jamoat joylari, bino va inshootlarni foto va videosyemka qilish huquqiga ega.

Shuningdek, ular obyekt egalaridan syemka qilish tartibini aniqlashtiruvchi tushuntirishlar va hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.

Hujjatda aniq qayd etilganki, Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida joylashgan bino va inshootlarning, agar u ta’qiqlangan obyektlar ro‘yxatiga kiritilmagan bo‘lsa, tashqi tomonini foto va videosyemka qilishga ta’qiq yoki cheklov qo‘yishga ruxsat berilmaydi.

Metro v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent metropolitenida videoga olish va suratga tushishga ruxsat beriladi
O‘z xizmat vazifasini bajarayotgan harbiy xizmatchi yoxud huquqni muhofaza qilish organi xodimlarini qurol-aslahalar, harbiy texnika, shuningdek, IIV, FVV, Mudofaa vazirligi, MXX va Milliy gvardiya bo‘linmalarining tezkor va xizmat-jangovar faoliyatini suratga tushirish ta’kiqlanadi.

Foto va videosyemkalarning o‘ziga to‘xtaladigan bo‘lsak, u jamoat joylarida tartibni buzmasligi, boshqa shaxslarga noqulaylik va xavf tug‘dirmasligi, transport harakatlanishiga to‘sqinlik qilmasligi, mansabdor shaxslarga o‘z vazifasini bajarishiga to‘sqinlik qilmasligi, yuridik va jismoniy shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini buzmasligi kerak.

O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi, viloyat hokimiyatlari va Toshkent hokimligiga foto va videosyemkalarni amalga oshirish mumkin bo‘lmagan jamoat joylari, binolar va inshootlar ro‘yxatini shakllantirish topshirig‘ini bergan. Bu ish uch oy muddatda amalga oshirilishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0