Farg‘onada qator tibbiyot muassasalari rahbarlari ishdan bo‘shatildi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya ot grippa v Krasnodare
Vaksinatsiya ot grippa v Krasnodare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Viloyatda o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida ularning boshqaruvda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari tufayli aholining tibbiy yordamga muhtoj qatlamiga birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati talab darajasida ko‘rsatilmagan va natijada faoliyatda qator kamchiliklar kuzatilgan

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Farg‘ona viloyatida vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan qaragani uchun qator tibbiyot muassasalari rahbarlari ishdan bo‘shatildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manbaga tayanib.

Viloyatdagi barcha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida patronaj ishlari, tor soha mutaxassislari ko‘riklarini talab darajasida tashkil etmagani va berilgan topshiriqlarga yetarli darajada e’tibor qaratmaganligi sababli Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining mas’ul xodimi A.Nigmanova o‘z egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyevdan tashxis: Sog‘liqni saqlash sohasida hali qiladigan ishlarimiz ko‘p

Shuningdek, Rishton tumani tibbiyot birlashmasi boshliq o‘rinbosari O. Qosimova, tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi mas’ul xodimi M. Rahmonova hamda bolalar bo‘limi mas’ul xodimi M.G‘aniyeva tuman aholisini tibbiy patronaj ko‘rigi bilan qamrab olish ishlarini talab darajasida bajarmaganligi, tibbiyot bo‘yicha berilgan topshiriqlarni sust bajargani uchun vazifasidan ozod etildi.

Mazkur tuman tibbiyot birlashmasi tez yordam bo‘limi mudiri M.Boltaboyev hamda bo‘lim mutasaddi xodimi D.Burxonovalar ham egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Ular "103" tez tibbiy yordam xizmati ishlarini talab darajasida tashkil etmaganligi, davlat rahbarining 2017-yil 30-martdagi selektor yig‘ilishda shoshilinch tibbiy yordam xizmati faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlamaganligi aniqlandi.

Poliklinika - Sputnik O‘zbekiston
Rahmonbek Usmonov sog‘liqni saqlash tizimidagi 17 rahbarni ishdan bo‘shatdi

Bundan tashqari, Bog‘dod tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Yu. Abdusattorov, Qo‘shtepa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i B. Abdurahmonov, Toshloq tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i T. Mamajonov, Rishton tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i M. Tursunxo‘jayev, Oltiariq tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi mudiri Sh. Buzrukovlarning 3 oylik maoshi davlat hisobiga o‘tkazildi.

Viloyatda o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida ularning boshqaruvda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari tufayli aholining tibbiy yordamga muhtoj qatlamiga birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati talab darajasida ko‘rsatilmagan va natijada faoliyatda qator kamchiliklar kuzatilgan.

Yaqinda Andijon viloyatida o‘z vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani uchun birdaniga sakkiz nafar tibbiyot muassasalari rahbarlari ishdan bo‘shatilgandi. Avvalroq esa Toshkent shahridagi 4-klinik kasalxonasi mas’ul shaxslari bemorga qo‘pollik qilgani uchun vazifasidan ozod etilgandi.

Yangiliklar lentasi
0