Rahmonbek Usmonov sog‘liqni saqlash tizimidagi 17 rahbarni ishdan bo‘shatdi

© Sputnik / Yevgeniy Samarin / Mediabankka o‘tishPoliklinika
Poliklinika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahridagi sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyati o‘rganilganda, tizimda bir ming besh yuzdan ortiq bo‘sh o‘rinlar borligi aniqlangan

TOShKENT, 1-may — Sputnik. Sog‘liqni saqlash tizimdagi rahbarlarining 17 nafari bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi, bu haqda Toshkent shahar hokimligi saytida ma’lum qilindi.

Hokimiyat matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, ularning o‘rni yuqori malakali, halol, pok, vijdonli, mas’uliyatli xodimlar bilan to‘ldirilgan yana 22 nafari esa rotatsiya(ya’ni, bitta joydan ikkinchi joyga o‘tkazilgan) qilingan.

Tez tibbiy yordam mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2019-yildan boshlab muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari joriy qilinadi
Bundan tashqari, tizimdagi o‘rganishlar natijarilariga ko‘ra, tibbiyot muassasalariga ajratilayotgan dori vositalari kamligi aniqlangan. Bu muammoni hal qilish uchun shifoxonalarga dori-darmon va bog‘lov vositalari xarid qilishga ajratilayotgan mablag‘lar ikki barobar, ayrimlarida esa uch barobarga mahalliy budjet hisobidan ko‘paytirilgan.

Yana bitta kamchilik sifatida, bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimida 1 500 dan ortiq bo‘sh o‘rinlar borligi aniqlangani ko‘rsatilmoqda. "Hozirda 380 nafar kollej bitiruvchilari bilan to‘rt tomonlama, 143 nafar oliy ma’lumotli shifokorlar bilan uch tomonlama shartnomalar tuzildi. Mahallalar tomonidan yuborilgan 163 nafar fuqarolarning 140 nafari ishga qabul qilingan", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining Sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish qarori talablariga muvofiq, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i, shuningdek shahar tibbiy diagnostika markazlari, tuman tibbiyot birlashmalari rahbarlari lavozimiga, tegishli tuman hokimi bilan kelishilgan holda, Toshkent shahar hokimi tomonidan tayinlanishi belgilangan edi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0