Mirziyoyevdan tashxis: Sog‘liqni saqlash sohasida hali qiladigan ishlarimiz ko‘p

© AP Photo / Anvar IlyasovPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti tibbiyot xodimlarining malakasi va shaxsiy mas’uliyati masalasini jiddiy tanqid qildi. Kachiliklarni bartaraf etish maqsadida sog‘liqni saqlash tizimining davlat va xususiy sektoridagi barcha mutaxassislar faoliyatini litsenziyalash tizimini tatbiq etish nazarda tutilmoqda

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. "Aholini sifatli va arzon dori-darmon vositalari bilan ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, shoshilinch tibbiy yordamni takomillashtirish, birlamchi tibbiyot tizimini yanada yaxshilash, xususiy sektor va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni yanada rivojlantirish borasida hali qiladigan ishlarimiz ko‘p", dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev chorshanba kuni sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilishda.

Lekarstvennie preparati i gradusnik dlya izmereniya temperaturi - Sputnik O‘zbekiston
Sog‘liqni saqlash vazirligiga 300 mlrd so‘m foizsiz budjet ssudasi beriladi
Tadbirda O‘zbekiston prezidentining Davlat maslahatchilari, Bosh vazir va Bosh vazir o‘rinbosari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev joriy yilning o‘zida sog‘liqni saqlash masalasiga bag‘ishlab uch marta videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. O‘zbekiston rahbari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga tashriflari chog‘ida shifoxonalar, poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlaridagi sharoitlar bilan bevosita tanishdi, zamonaviy klinikalar qurish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Sohani yanada rivojlantirish, tibbiy xizmatlar ko‘lami va sifatini oshirishga qaratilgan 30 ga yaqin farmon va qarorlar qabul qilingan.

Yig‘ilishda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining axborotlari tinglandi.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini takomillashtirishga oid qaror ijrosi doirasida 793 qishloq vrachlik punkti negizida qishloq oilaviy poliklinikasi, 441 tez tibbiy yordam shoxobchasi tashkil etildi. Faoliyati tugatilgan 658 qishloq vrachlik punkti binolari xizmat uyi sifatida foydalanish uchun shifokorlarga berildi. Bundan tashqari, qishloq oilaviy poliklinikalarida 5 turdagi va Toshkent shahar oilaviy poliklinikalarida 10 turdagi tor soha mutaxassislari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Birlamchi tizimda kadrlar ta’minotini yaxshilash maqsadida joriy yilda tibbiyot yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarining bakalavriatura bosqichini bitirgan 3 ming 197 yosh mutaxassisning 79 foizi birlamchi tizimga ishga yuborildi.

"Qilingan ishlarning natijasi qanday bo‘layapti, odamlar bundan qay darajada foydalanmoqda. Aholidan kelib tushayotgan murojaatlar bu borada hali qiladigan ishlarimiz ko‘pligini ko‘rsatmoqda. Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatining hududlarda yetarli darajada emasligi oldimizda turgan dolzarb muammolardan biri. Tan olish kerak, hududlardan yuqori texnologik tibbiy yordam olish uchun Toshkent shahriga kelish aholi tomonidan ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda", dedi Mirziyoyev.

Yig‘ilishda ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida viloyatlarda ishlash tashabbusi bilan chiqqan yetakchi mutaxassislardan 134 nomzod tanlab olingani qayd etildi. Ular viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlariga, jumladan, bolalar shifoxonalari, endokrinologiya, kardiologiya, silga qarshi, teri-tanosil dispanserlari, onkologiya markazi filiallari, yuqumli kasalliklar shifoxonalariga ishlash uchun yuborildi.

Aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan dolzarb masalalardan biri — bu tez tibbiy yordam xizmati bilan bog‘liq, dedi Prezidentimiz. Bu borada hali qiladigan ishlarimiz ko‘p. Transport vositalari hali yetarli emas, dori-darmon ta’minotida uzilishlar mavjud.

O‘zbekiston respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov - Sputnik O‘zbekiston
Sog‘liqni saqlash vaziri: tibbiy ta’lim tizimi tubdan isloh qilinmoqda
2016 yilda 806 tez tibbiy yordam stansiyasi va kichik stansiyasi faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2017-yilda bu ko‘rsatkich 2 ming 100 dan oshdi. Tabiiyki, bu har bir chaqiriqning o‘z vaqtida kelishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bu yo‘nalishda ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan birga, aholining mazkur xizmatdan foydalanish borasidagi madaniyatini oshirish zarurligi ham ta’kidlandi.

Yig‘ilishda sohada o‘z yechimini kutayotgan qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, ayniqsa, qishloq joylarda tizimli patronaj qamrovi sifatini yaxshilash, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning statsionar muassasalar bilan hamkorligini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Mutasaddilarga sohada xususiy sektorni yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Studentka v auditorii Vuza - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi eng talab katta bo‘lgan oliygohlardan biri yopiladi
Tez tibbiy yordam xizmatini yanada takomillashtirish, skrining markazlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ishlab chiqarilayotgan protez-ortopediya mahsulotlari, reabilitatsiya texnik vositalar sifatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Sog‘liqni saqlash obyektlarida qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari sifati, xususiy tibbiyot sohasiga chet el investitsiyasi va yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish ishlari isloh qilinishi lozim.

Aholini patronaj va tizimli dispanserizatsiya bilan to‘liq qamrab olish, ona va bola skriningi hamda tibbiy-genetik xizmatni yanada takomillashtirish va ushbu xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish maqsadida 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.

Yig‘ilishda tibbiyot xodimlarining malakasi va shaxsiy mas’uliyati masalasi jiddiy tanqid qilindi. Sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida sog‘liqni saqlash tizimining davlat va xususiy sektoridagi barcha mutaxassislar faoliyatini litsenziyalash tizimini tatbiq etish nazarda tutilgan.

Yig‘ilishda soha oldida turgan dolzarb vazifalar belgilandi. Vazirlik va idoralar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Yangiliklar lentasi
0