TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Demokratiya va inson huquqlari instituti rahbari Sayyora Xodjayeva Sputnik O‘zbekiston muxbirining "Nega xotin-qizlar qo‘mitalari raislari joylarda ayollar taqdiriga ta’sir ko‘rsata olmayapti, ularni faol pozitsiyani egallashga ilhomlantira olmayapti?" degan savoliga javob berar ekan, barcha xotin-qizlar raislarini bir qolipga solmaslik kerakligini ta’kidladi.
Huquqshunos shuningdek, bu sohada zaxira kadrlar tayyorlash bo‘yicha tizim faoliyati yo‘lga qo‘yilmaganini, xotin-qizlar qo‘mitalariga rahbarlarni tayyorlaydigan maxsus maktablar O‘zbekistonda yo‘qligini qo‘shimcha qildi.
Xodjayevaga ko‘ra, xizmat lavozimida o‘sish yo‘qligi, mentalitetdan kelib chiqqan holda shakllanib bo‘lgan munosabat ham joylarda Xotin-qizlar raislarini "tepadan buyruq kutishga" o‘rgatib qo‘ygan. Shu tufayli ular tashabbus ko‘rsatmaydilar.
"Fikrimcha, ularning o‘zlarida aynan motivatsiyaning yo‘qligi shunga olib keldiki, ayrim xotin-qizlar qo‘mitalari raislari ayollar taqdiriga ta’sir ko‘rsata olmadilar", — dedi Xodjayeva.
"Haqiqiy yetakchi ayol qanday bo‘lishi kerak nazdingizda? Ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlar faoliyati haqida ko‘plab salbiy fikrlarni uchratish mumkin, O‘zbekistonga bunday qo‘mitalar kerakmi o‘zi?", — degan savolga ham javob berdi.
Shu bilan birga, ular oldida bugun tamomila boshqa masalalar turibdi va hozirgi qo‘mitalar ularga yechim topa olmaydi. Mamlakat prezidenti tashabbusi bilan jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, shuningdek, biz 1995-yildayoq ratifikatsiya qilgan BMTning "Ayollarga nisbatan har qanday shakldagi kamsitishlarni yo‘q qilish" Konvensiyasi talablaridan kelib chiqqan holda, ayollar bilan mutlaqo yangicha uslublarda ish olib borish va yangi tuzilmalarni tashkil qilish talab etiladi. Deylik, bu vazirlik yoki ayollar masalalari bo‘yicha Davlat qo‘mitasi bo‘lishi mumkin, bunga yoshlarni ham jalb qilish mumkin.
Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyati haqida bildirilayotgan o‘ta salbiy fikrlarga keladigan bo‘lsak, tanqiddan osoni yo‘q. Ularni tanqid qilayotganlar bir necha kun bo‘lsa ham bu ishda ishlab ko‘rishlari kerak. Men o‘zim olti yil xotin-qizlar qo‘mitasi raisi — Toshkent viloyati hokim-o‘rinbosari bo‘lib ishlaganman, va kechirasizu, bu ishning qanchalik murakkabligini o‘z tajribamdan bilaman", — xotima qildi Xodjayeva.