Axmat Qodirov fondi Bangladeshda myanmalik yetim-bolalar uchun maktab ochdi

© REUTERS / Mohammad Ponir HossainBejensi v Myanme
Bejensi v Myanme - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov maktabdagi o‘qituvchilar maosh olishlari, kutubxona uchun allaqachon kitoblar xarid qilinganiga aniqlik kiritdi. Shuningdek, bolalar darsliklar va kiyim-kechak bilan ta’minlangani, bir kunda ikki mahal ovqatlanishlari haqida aytib o‘tdi

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Axmat Qodirov nomidagi regional jamoatchilik fondi Bangladeshda myanmalik qochqinlar lagerida yetim-bolalar uchun maktab ochdi, deb xabar qildi Checheniston rahbari Ramzan Qodirov.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on: musulmon birodarlarimiz Myanmada o‘ta shavqatsiz munosabatlarga duch kelishmoqda
"Myanma bilan chegaradosh Bangladesh hududida qochqinlar uchun tashkil etilgan eng yirik lagerda maktab ochilishi bo‘yicha ishlar yakunlandi. U yetim-bolalar uchun mo‘ljallangan. Maktabga Rossiya qahramoni Axmat-Hoji Qodirov nomi berildi. Ta’lim muassasasida mingga yaqin o‘g‘il bolalar va qizlar tahsil oladi. O‘qish jarayoni boshlab yuborilgan", — deb yozgan Qodirov o‘zining "Vkontakte"dagi sahifasida.

Qodirov shuningdek, maktabdagi o‘qituvchilarga maosh to‘lanishi, maktab kutubxonasi uchun allaqachon kitoblar xarid qilinganiga aniqlik kiritgan. Bolalar darsliklar va kiyim-kechak bilan ta’minlangan, bir kunda ikki mahal ovqatlanishadi.

"Dastlabki loyiha bo‘yicha ikkita quduq qazilishi kerak edi. Ammo suv favqulodda kamligi. yetishmasligini tushunib, Rossiya qahramoni Axmat-Hoji Qodirov nomidagi jamoatchilik fondi quduqlar sonini yigirmatagacha yetkazishga qaror qildi. Ulardan yettitasi ekspluatatsiyaga kiritilgan", — qo‘shimcha qilgan Qodirov.

Gumanitarnaya pomosh Uzbekistana Bangladeshu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Bangladeshga eng katta insonparvarlik yordamlaridan birini yubordi

Lagerda shuningdek, tibbiyot punktlari ochiladi. "Bu yirik ijtimoiy loyiha bo‘lib, bir nechta masalalarga yechim topishga qaratilgan. Birinchi galda, kichik yoshdagi bolalar o‘qish va yozishga o‘rgatiladi. Boshlang‘ich ta’limni olishga ulgurgan bolalar esa fanlar bo‘yicha o‘z bilimlarini kengaytiradilar… Minglab bolalar, o‘smirlar, yigit va qizlar savodli bo‘ladi, ochlik neligini unutishadi", — xotima qilgan Checheniston rahbari.

Yangiliklar lentasi
0