O‘zbekiston Bangladeshga eng katta insonparvarlik yordamlaridan birini yubordi

© BDRCSGumanitarnaya pomosh Uzbekistana Bangladeshu
Gumanitarnaya pomosh Uzbekistana Bangladeshu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bangladesh Qizil yarim oy jamiyatining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari ushbu zarur mahsulotlar va insonparvarlik yordamini bugun soat 11.00 da Bangladesh Qizil yarim oy jamiyatining milliy bosh qarorgohida topshiradi

TOShKENT, 18 sen — Sputnik. O‘zbekiston Bangladesh Qizil yarim oy jamiyatiga Rohinya qochqinlari uchun insonparvarlik yordami sifatida zarur mahsulotlarni topshiradi.

Qochoqlar Bangladesh-Myanma chegarasini kesib o‘tishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Myanmadagi qochqin musulmonlarga insonparvarlik yordamini yuboradi - TIV bayonoti
Bangladesh Qizil yarim oy jamiyati Manmaning Rakxayn shtatidan Bangladeshga qochib o‘tgan odamlar uchun O‘zbekistondan yuborilgan eng katta insonparvarlik yordamlaridan birini qabul qilib oladi. Ehtiyojga muhtoj 8 ming oilaning har biri (taxminan 50 ming kishi) O‘zbekistondan yuborilgan 14 turdan ziyod oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar, jumladan, guruch, shakar, yerong‘oq, sut kukuni, pechenye, chivinga qarshi to‘r, ayollar, erkaklar va bolalar uchun kiyim-kechaklar (sari, lungi, futbolka), ko‘rpa-to‘shak, oyoq kiyimlari, asosiy dori-darmon vositalari va mineral suv bilan ta’minlanadi.

Bangladesh Qizil yarim oy jamiyatining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari ushbu zarur mahsulotlar va insonparvarlik yordamini bugun soat 11.00 da Bangladesh Qizil yarim oy jamiyatining milliy bosh qarorgohida topshiradi, deb xabar qildi O‘zbekiston Hukumat portali Bangladesh Qizil yarimoy jamiyati rasmiy sahifasida berilgan ma’lumotlar asosida.

Etnicheskiy Roxindja s veshevim meshkom na golove okolo Bangladeshskoy granisi - Sputnik O‘zbekiston
Myanma harbiylari qochqinlar qaytib kelmasligi uchun Bangladesh chegarasida minalar qo‘ymoqda
Bangladesh Qizil yarim oy jamiyati raisi Hafiz Ahmed Majumder insonparvarlik yordamini O‘zbekistonning Favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyevdan qabul qilib oladi.

Tadbirda Bangladesh Qizil yarim oy jamiyati raisining o‘rinbosari Habib Millat, g‘aznachi advokat Touhidur Rahman, Boshqaruv kengashi a’zosi, Bangladesh Qizil yarim oy jamiyati Bosh kotibi Mojarul Huq, O‘zbekiston va Bangladesh vakillari ishtirok etadi.

Bangladesh Qizil yarim oy jamiyati raisi Hafiz Ahmed Majumder O‘zbekiston rahbariyatiga Manmaning Rakxayn shtati qochqinlari uchun yuborilgan insonparvarlik yordami uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0