O‘zbekistonda valyuta olib kirish va olib chiqish qoidalari tasdiqlandi

Obuna bo‘lish
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalari tasdiqlandi

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Vazirlar Mahkamasi jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalarini tasdiqlandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Dollari SShA izyatie pravooxranitelnimi organami - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent valyuta qora bozori: 800 dan ortiq qonunbuzilishlar aniqlandi

Yangi qaror talablariga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 2 ming AQSh dollari ekvivalentidan ortiqcha miqdordagi naqd xorijiy valyuta unga deklaratsiya to‘ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo‘li bilan bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.

Bunda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida olib kirilayotgan yoki olib chiqib ketilayotgan naqd xorijiy valyutaning jami summasi ko‘rsatiladi.
Jismoniy shaxsning xohishiga ko‘ra ekvivalenti 2 ming AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd xorijiy valyuta deklaratsiyalanishi mumkin.

O‘zbekiston tashqarisiga naqd xorijiy valyutani erkin olib chiqib ketish jismoniy shaxslarga ekvivalenti 5 ming AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda bojxona nazorati qoidalariga rioya qilgan holda ruxsat etiladi.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank eng ko‘p valyuta sotilgan va xarid qilingan hududlarni ma’lum qildi

Belgilangan summadan ortiqcha mablag‘ni olib chiqib ketish:

rezidentlar tomonidan — O‘zbekiston Markaziy bankining ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi, ushbu ruxsatnomada olib chiqib ketiladigan naqd xorijiy valyutaning jami summasi ko‘rsatiladi;

norezidentlar tomonidan — O‘zbekistonga kirish chog‘ida to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida amalga oshiriladi, ushbu deklaratsiyada naqd xorijiy valyuta summasi olib chiqib ketilayotgan naqd xorijiy valyuta summasidan kam bo‘lmagan miqdorda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

Rezident tomonidan O‘zbekiston Markaziy bankining ruxsatnomasini va norezident tomonidan O‘zbekistonga kirish paytida to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini ishlatish bir marotaba amalga oshiriladi va kelgusida ekvivalenti 5 ming AQSh dollaridan ortiqcha naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish uchun asos sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0