Markaziy bank eng ko‘p valyuta sotilgan va xarid qilingan hududlarni ma’lum qildi

© Sputnik / Andrey TeshayevUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida istiqomat qiluvchi aholi eng ko‘p xorijiy valyutasini xarid qilishgan

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Markaziy bank o‘tgan yilda sotilgan va xarid qilingan xorijiy valyuta to‘g‘risida ma’lumotlarni ma’lum qildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Kupuri nomiralom patdesat tisach sum - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yirik qiymatdagi kupuralar muomalaga chiqariladi

2017 yil sentabr-dekabr tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslardan 854 million dollarni sotib olishdi.

"Aholidan xorijiy valyutani solib olish operatsiyalari asosiy ulushi Toshkent — 32 %, Samarqand — 10 %, Farg‘ona — 9 %, Andijon — 8 %, Namangan — 7 % to‘g‘ri keladi", — deb ta’kidlashdi MBda.

Valyutani aholiga sotishga keladigan bo‘lsak, O‘zbekiston banklari aholiga 56 million dollar sotishgan. Bu jarayon to‘rt oy davomida doimiy ijobiy dinamikaga ega bo‘ldi: sentabrda — 3,9 million dollar, oktabrda — 11,9 million dollar, noyabrda — 17,8 million dollar, dekabrda — 22,3 million dollar.

"Chet el valyutasini jismoniy shaxslarga sotish hajmining oyma-oy o‘sishi, import qiluvchi xususiy tadbirkorlarning norasmiy bozordan  bank sektoriga o‘tishi bilan izohlanadi, ularning umumiy sotishdagi ulushi 60 % yoki 33,5 million dollarni tashkil qildi", — deya ma’lum qilishdi MBda.

O‘zbekistonda yevro kursi sezilarli darajada ko‘tarildi

Banklarda dollar sotib olish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan hududlar bu: Toshkent — 48 %, Toshkent viloyati — 12 %, Namangan va Farg‘ona — 9 %, Xorazm — 7 %.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2017-yil 5-sentabrdagi jismoniy shaxslar banklar orqali ayirboshlash yo‘lga qo‘yilgandi. Valyuta sotib olinishi tijorat banklarning konversion bo‘limlarda xalqaro to‘lov kartalariga tushirilishi orqali amalga oshirilmoqda. Ushbu kartalardan foydalanish chet el mamlakatlarda hech qanday cheklovlar yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0