TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. O‘tgan yili Toshkent shahrida 818 ta valyuta qonunbuzilishlari aniqlandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
Toshkent shahar prokuraturasining boshqarma boshlig‘i Bobur Dehqonovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu holatlar yuzasidani 102 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Ulardan 74 ta JKning 177- moddasi (valyuta qiymatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish), 25 ta 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish), 3 tasi JKning boshqa moddalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, 716 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilgan.
"Shu yil boshidan beri poytaxtda 91 ta valyuta huquqbuzarligi aniqlandi. Ushbu holatlar yuzasidan 11 ta (ulardan 9 tasi JKning 177-moddasi va 2 tasi 176-moddasi) jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, shuningdek, 80 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilgan", — dedi Dehqonov.
Ta’kidlab o‘tamiz, bugungi kunda respublika bo‘ylab MXX va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari hamkorlikda noqonuniy valyutafurushlarga qarshi kurash bo‘yicha reydlar o‘tkazilmoqda. Shu kunlarda tezkor xodimlar Farg‘ona viloyatida 5 nafar valyutafurushni ushlashdi. Ularda 15 ming dollar aniqlandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2017-yil 5-sentabrdagi jismoniy shaxslar banklar orqali ayirboshlash yo‘lga qo‘yilgandi. Valyuta sotib olinishi tijorat banklarning konversion bo‘limlarda xalqaro to‘lov kartalariga tushirilishi orqali amalga oshirilmoqda. Ushbu kartalardan foydalanish chet el mamlakatlarda hech qanday cheklovlar yo‘q.
2017 yil sentabr-dekabr oylari davomida tijorat banklar jismoniy shaxslardan 854 million dollar xarid qilingan. Aholidan xorijiy valyutani solib olish operatsiyalari asosiy ulushi Toshkent — 32 %, Samarqand — 10 %, Farg‘ona — 9 %, Andijon — 8 %, Namangan — 7 % to‘g‘ri keldi.