TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Sputnik tahririyati MXX yangi raisi Ixtiyor Abdullayev faoliyatiga doir ochiq manbaalarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni to‘pladi.
Ixtiyor Abdullayev 1966-yilda 22-may kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan.
1985-1990 yillarda Perm davlat universitetida huquqshunos mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.
O‘z ish faoliyatini Farg‘ona shahar sudida boshlagan. Universitetda ta’lim olayotgan davrda u sud ijrochisi bo‘lib ishlagan. Diplom olgandan so‘ng esa sud maslahatchisi lavozimidan to sudya lavozimigacha ishlagan.
1997 yilda huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat maslahatchisi xizmatiga o‘tgan. U yerda fuqarolik va amnistiya masalalari bo‘yicha referent bo‘lib ishgan.
2000-2001 yillarda Andijon shahar sudi raisi bo‘lib ishlagan.
2001-2002-yillarda O‘zbekiston prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat maslahatchisining o‘rinbosari, 2002-2006-yillarda Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari, 2006-2007-yillarda O‘zbekiston prezidentining mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi, 2007-2009-yillarda O‘zbekiston prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat maslahatchisi, 2006-2009-yillarda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori vazifasida ishlagan.
2010 va 2015-yilda Oliy Majlis ikkinchi chaqiriq senat a’zo bo‘lib tayinlangan.
2015 yil 21-apreldan 2018-yil 31-yanvarga qadar O‘zbekiston bosh prokuror lavozimida bo‘lgan.
Ixtiyor Abdullayev ikkinchi darajali adliya davlat maslahatchisi.