Rustam Inoyatov MXX raisligidan ketdi

© SputnikRustam Inoyatov
Rustam Inoyatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rustam Inoyatov 1995-yil 27-iyunidan buyon Milliy xavfsizlik xizmati raisi bo‘lib kelgan

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisi general-polkovnik Rustam Inoyatov o‘z lavozimini tark etdi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.

Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar MXX vakolatlarini qisqartirishni taklif qilishmoqda

Rustam Inoyatov 1995-yil 27-iyunidan buyon Milliy xavfsizlik xizmati raisi bo‘lib kelgan.

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati 1991-yilda tashkil etilgan. MXXning asosiy vazifalari xorijiy davlatlar va tashkilotlar maxsus xizmatlarning O‘zbekistonga qarshi razvedka-qo‘poruvchilik faoliyati bilan kurash olib borish, O‘zbekiston mustaqilligi, konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy butunligi, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va mudofaa qudratini g‘ayriqonuniy tajovuzlardan himoya qilishdir.

Rustam Inoyatov (v sentre) - Sputnik O‘zbekiston
Rustam Inoyatov tarjimai holi

Eslatib o‘tamiz, 22-dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga "Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida"gi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishni taklif etgandi.

"Milliy xavfsizlik xizmati idoralari bugungi kungacha 26-yil avval hukumat tasdiqlagan Nizom asosida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu Nizomga chorak asr davomida tegilmaganligi va har qanday oddiy masala ham milliy xavfsizlikka tahdid deb baholab kelinganligi ushbu idora vakolatlarining asossiz kengayib ketishiga sabab bo‘lgan. ",- deb ta’kidlagan edi Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0