Ixtiyor Abdullayev MXX raisi bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Ushbu kunga qadar Abdullayev O‘zbekiston Bosh prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

TOShKENT, 31 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Milliy xavfsizlik  xizmati rahbari etib Ixtiyor Abdullayev tayinlandi, deb xabar qilmoqda Uznews.uz nashri.

Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Bosh prokuratura va MXX vakillari ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi. Unda MXX raisi Rustam Inoyatovning o‘z lavozimini tark etgani xabar qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Ixtiyor Baxtiyorovich Abdullayev 2015-yildan ushbu kunga qadar O‘zbekiston Bosh prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, 2017-yilning fevral oyida Abdullayev Respublika muassasalararo komissiya rahbari lavozimiga saylangan edi.

Yangiliklar lentasi
0