Rustam Inoyatov tarjimai holi

© SputnikRustam Inoyatov (v sentre)
Rustam Inoyatov (v sentre) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston MXX sobiq raisi haqida nimalarni bilamiz?

TOShKENT, 31 yanv – Sputnik. Rustam Rasulovchi Inoyatov –  Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida 1944-yilning 22-iyunida tug‘ilgan. Otasi Rasul Inoyatov KGB polkovnigi bo‘lgan.

Rustam Inoyatov 1965 – 1967-yillarda Toshkent qurilish trestida ishlagan va bir vaqtning o‘zida ToshDUning eron filologiyasi fakultetida o‘qigan.

1968 yilda harbiy xizmatga chaqirilgan. Harbiy xizmat davrida SSSR KGBtizimiga qabul qilingan. Dastlab qo‘mitaning respublikadagi bo‘limlarida ishlagan. Keyinchalik tashqi razvedka bilan shug‘ullanadigan – Birinchi bo‘limga ishga o‘tgan. Rustam Inoyatov 4 tilni biladi – o‘zbek, fors, rus va ingliz tillari.

1976 - 1981 yillarda Afg‘onistonda doimiy rezident sifatida ishlagan.

1995 yilda KGB o‘rnida yangi tashkil qilingan O‘zbekiston MXX rahbari lavozimiga tayinlangan. 23-yil davomida ushbu tashkilotni boshqarib kelgan.

2017 yilning kuzida Inoyatov og‘ir kasal degan xabarlar tarqalgan edi, lekin keyinchalik ular tasdiqlanmadi.

Yangiliklar lentasi
0